Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo 0-1 Navbahor

La Ligadagi yangi vunderkind haqida eshitganmidingiz?

La Ligadagi yangi vunderkind haqida eshitganmidingiz?

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda «Jirona» La Ligaga qaytdi va urilgan gollar soni bo‘yicha «Barselona», «Real» va «Atletiko Madrid»dan keyin ajoyib hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqda.

Bu natijaning ajralmas qismi 19 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Arnau Martinesdir.

Biografiyasi:

Arnau Martines 2003 yil 25 aprelda Barselona provinsiyasida tug‘ilgan. Butun Arnau oilasi Barselona muxlislaridir. 6 yoshida Arnau La Masiyaga o‘tdi, ammo 2016 yilda u akademiyadan haydaldi va o‘yinchi yangi akademiya izlashga majbur bo‘ldi, avval u «Ospitalet» akademiyasini tugatdi va 2018 yil sentyabr oyida «Jirona» akademiyasiga o‘tdi. «Boshida qiyin bo‘ldi va men bir necha kun yig‘ladim, lekin meni haydab chiqargani uchun ularga rahmat aytishim kerak, aks holda men hozir bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim» - degandi Arnau Martines «Barselona» akademiyasidan haydalganligi haqida.

U asosiy tarkibdagi debyutini 2020 yil 17 dekabrda o‘tkazgan va kubokda «Gimnastika Segoviana»ga qarshi safar o‘yinida ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan.
U segunda debyutini 2021 yilning 28 martida uyinda «Albasete»ga qarshi o‘yinda (2:1) boshlagan edi. Birinchi mavsumda u 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ikkinchi mavsumda u allaqachon asosiy o‘yinchi edi, natijada o‘sha mavsumda u 36 o‘yin o‘tkazdi, 1 gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

O‘yin haqida:

Arnau Martines - o‘ng qanot himoyachisi. Ayrim bahslarda oddiy vinger, ba’zi kunlarda esa qo‘shimcha yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi. Ko‘pincha o‘yin davomida ikkala funksiyani ham bajaradi. «Manchester Siti»da bu mavsum bo‘lgani kabi, «Jirona»ning 4-3-3 sxemasi ma’lum vaziyatlarda 3-2-4-1 ga aylandi va aynan Arnau orqa chiziqdan yarim himoyaga ko‘tariladi. Uning sensorli xaritasidan ko‘rinib turibdiki, 19 yoshli futbolchi o‘yin davomida tez-tez markaziy yarim himoyaga o‘tadi:

Arnauning «Barselona»ga qarshi sensorli xaritasi (28 yanvar o‘yini).

U «Jirona» yarim himoyasi imkoniyatlarini kuchaytiradimi yoki maydonga tushgan o‘ng qanot himoyasini qoplaydimi, Arnauning qadri to‘p bilan muomala qilish qobiliyatida ko‘rinadi. Bu raqib bosimi ostida yechim izlashda namoyon bo‘ladi.

Ushbu mavsum o‘yinlardagi asosiy paslar xaritasi

Arnau bu mavsumda La Ligada 90 daqiqada yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha barcha «Jirona» futbolchilari yetakchisi hisoblanadi (1,3) va eng yaxshi besh himoyachilar qatoriga kiradi. 

Kelajagi:

OAVdan ma’lumki, futbolchiga «Atletiko Madrid» va «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham bu klublarga o‘z xohish-istaklarini bildirgan. «Barsa»da o‘ynash uning bolaligidagi orzui edi. Futbolchining shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 

Kiritildi: 05:36, 01.04.2023.
O'qildi: 2676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.