Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ten Xag De Xeaga sog‘lom raqobat taqdim etmoqchi

Ten Xag De Xeaga sog‘lom raqobat taqdim etmoqchi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi darvozaboni Andre Onana Angliyaning yana bir top-klubi nishoniga tushdi.

Manutdnews nashriga ma’lum bo‘lishicha, «Manchester Yunayted» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag Onanadan jamoaning birinchi raqamli kiperi David de Xea bilan raqobatlashishni kutmoqda. «Inter» esa, o‘z navbatida, Onanani 40 million yevroga sotishga tayyor.

Kamerunlik uchun kurashda «Yunayted»ning asosiy raqibi Londonning «Chelsi» jamoasi hisoblanadi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Onana 17 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 11:03, 01.04.2023.
O'qildi: 1945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик