Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Arsenal" futbolchilarining transfer narxlari e’lon qilindi: Saka qariyb 100 million funtga baholanmoqda

"Arsenal" futbolchilarining transfer narxlari e’lon qilindi: Saka qariyb 100 million funtga baholanmoqda

Baho:
+ | -

"Arsenal" joriy mavsumda APLni boshqarib turibdi. Jamoa futbolchilarining narxlari 2022-23 yilda ancha qimmatlashdi. Bunga Mikel Arteta g‘oyalari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi deyish mumkin. "Arsenal" oldida chempionlikka qadar atigi 10 ta o‘yin qoldi xolos. To‘pchilar APLdagi eng yosh jamoa sanaladi. Shunga qaramay, ularning qayd etayotgan natijalari hayratlanarli.

So‘nggi yillarda London klubi yosh futbolchilar uchun sarmoyalar kiritdi. Bugun o‘sha harajatlarning foydasi kelishi kerak. Masalan, katta transferlar bo‘lmagan Martinelli, Saka va Salibalar jamoaning asosiga aylandi. Shunday ekan, Bukayo Sakaning qariyb 97 million funtga baholangani hech kimni ajablantirmaydi. U nafaqat "Arsenal"da, balki Angliyada ham eng yaxshilaridan biridir. Bu haqida jamoaning afsonaviy futbolchilaridan biri Pol Merson shunday degandi:

"Saka – muhim vaziyatlar futbolchisi. U katta bahslarda, kerakli paytda o‘zini ko‘rsata oladi. Bukayo autsayder jamoalarga qarshi xet-trik qayd etmaydi. U 7-0 hisobida yettinchi golni urmaydi. "Arsenal"da uning vazifasi bu emas. Saka hisobni ochuvchi, tenglashtiruvchi yoki g‘alaba golini kiritishga o‘rgangan. Kerakli vaqtda esa golli uzatmalar bera oladi. U kabi futbolchilarni topish oson emas. Ha, iqtidorli futbolchilar juda ham ko‘p. Ammo ular Saka qilgan ishni bajara olmaydi. Ko‘p gapirish mumkin. Lekin uning o‘yinlarini kuzatgan, gapirgandan ko‘ra zavqliroqdir"

"Arsenal" tarkibida Sakadan boshqa ham yuqori narxlangan futbolchilar bor. Masalan, Martin Edegor va Gabriel Jezus 65 million funtdan baholangan. Ayniqsa, Edegor London jamoasida juda ham ajoyib harakat qilmoqda.
Yevropadagi eng yaxshi himoyaga ega bo‘lgan jamoalar ichida "Arsenal" ham bor. Shunga yarasha, klub himoyachilari bo‘lmish Vilyam Saliba Ben Uayt va Gabriel Magalyanshlarning har biri 40 million funtdan baland turadi.
Quyida Transfermakrt portali bergan ma’lumotlardan foydalangan holda 2023 yilda "Arsenal" tarkibi qanday narxga ega ekanini keltiramiz.

1. Bukayo Saka – 96.82 million funt
2. Martin Edegor – 70.41 million funt
3. Gabriel Jezus – 66.01 million funt
4. Gabriel Martinelli – 61.61 million funt
5. Vilyam Saliba – 48.41 million funt
6. Ben Uayt – 44.01 million funt
7. Gabriel – 44.01 million funt
8. Oleksandr Zinchenko – 35.21 million funt
9. Tomas Parti – 33.45 million funt
10. Emil Smit-Rou – 33.45 million funt
11. Aaron Ramzdeyl – 33.45 million funt
12. Jorjinyo – 30.81 million funt
13. Leandro Trossard – 26.40 million funt
14. Granit Jaka – 24.64 million funt
15. Fabiu Viyeyra – 23.76 million funt
16. Kiran Tirni – 22.00 million funt
17. Takexiro Tomiyasu – 22.00 million funt
18. Eddi Nketia – 22.00 million funt
19. Yakub Kivior – 17.60 million funt
20. Rob Xolding – 8.80 million funt
21. Muhammad Elneni – 7.92 million funt
22. Reys Nelson – 6.16 million funt
23. Mett Tyorner – 4.40 million funt

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:29, 01.04.2023.
O'qildi: 1512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.