Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Napoli", "Man Siti" yoki "Real Madrid": Xvicha keyingi mavsumni qayerda boshlaydi?

"Napoli", "Man Siti" yoki "Real Madrid": Xvicha keyingi mavsumni qayerda boshlaydi?

Baho:
+ | -

Uning atrofidagi mish-mishlar shu qadar ko‘pki, uning qaysi klubga o‘tishini tahmin qilib bo‘lmaydi. Shu kungacha uning transferi haqida qanday gap-so‘zlar bo‘ldi? Keling, ko‘rib chiqamiz.

•‎ Xvicha bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar 2022 yil oktabr oyi oxirida - transferdan atigi to‘rt oy o‘tib boshlangan. Calcio Napoli24'ning Sport Mediaset'ga tayanib xabar berishicha, “Napoli” amaldagi shartnomani 2027 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi va futbolchining maoshini ikki baravar oshirmoqchi – 1 million yevrodan 2 million yevrogacha.

•‎ Noyabr oyida insayder Ivan Karpov vinger 2028 yilgacha maoshi ikki baravar ko‘paytiriladigan yangi shartnoma imzolashini ta’kidladi.

•‎ Dekabr oyida La Gazzetta dello Sport nashrida xuddi shunday insayder xabar berilgan edi. "Napoli" sport direktori Kristianu Jiuntoli va futbolchining agenti Mamuka Jugeli yanvar oyida yoki biroz keyinroq uchrashishni rejalashtirishganini yozishgan.

•‎ Fevral oyida La Gazzetta dello Sport dekabr oyidagi insaydni takrorladi.

•‎ Mart oyi oxirida Foot Mercato yangi xabarlar bilan o‘rtoqlashdi: yangi shartnoma imzolangandan so‘ng futbolchining maoshi yiliga 1 million yevrodan 2,5 milliongacha oshadi. Bonuslarni hisobga olsak, gruziyalik futbolchining yillik daromadi 4 million yevroga yetishi mumkin.

Boshqa klublarning qiziqishi haqida nima deyish mumkin?

O‘tgan yilning kuzidan beri deyarli barcha Yevropa toplari Kvarasxeliyani kuzatib borishmoqda.

•‎ Oktyabr oyida Calciomercato nashri “Man Siti” va “Liverpul” Xvichani yaqindan o‘rganayotgani haqida xabar berdi. Ammo neapolliklar sport direktori Krishtianu Jiuntoli tezda hamma narsani to‘xtatdi: “Bu mish-mishlar ortida mutlaqo hech narsa yo‘q. Sizni ishontirib aytamanki, Xvicha 100% daxlsiz. Usotilmaydi".

•‎ Jiuntolining so‘zlari yangi insaydlarga ta’sir qilmadi. The Times dekabr oyida xabar berishicha, "Nyukasl" Jahon chempionati oldidan 21 yoshli gruziyalik futbolchini muntazam ravishda kuzatuvga olgan.

•‎ Yanvar oyida futbolchining agenti Jugeli: “Mening stolimda “Man Siti” qog‘ozi yo‘q. Ishonamanki, “Napoli” ofisida ham”, degandi agent. Biroq, fevral oyi boshida DailyMail nashri Gvardiola yozda boshqa hujumkor o‘yinchini xohlayotgani haqida yozgandi, u Xvicha va Rafael Leauga ko‘z tikayotgandi.

• Fevral oyi o‘rtalarida "Real Madrid" faollashdi. Cadena SER xabariga ko‘ra, agar Dortmundning "Borussiya"sidan Jud Bellingem kabi yirik xarid bo‘lmasa, Madrid klubi yozda Kvarasxeliya uchun 100 million yevro berishga tayyor.

•‎ "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bu yozda Xvichaning sotilishini rad etdi, ammo keyin shunday dedi: "Hech qachon hech qachon demang, chunki ba’zi takliflarni rad etib bo‘lmaydi. Shuning uchun hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi".

•‎ Fevral oyi oxirida CBS Sports jurnalisti Ben Jeykobs Xvichaga da’vogarlarni aniqladi – bular “Man Siti”, “Real Madrid”, “PSJ” va “Nyukasl”.

“Napoli” Xvicha bilan xayrlashmoqchi emas. Va ular, albatta, Osimxen va Kvarasxeliyani bir yozda qo‘yib yuborishni xohlamaydilar. Kvarasxeliya hozircha "Napoli"ni tark etish haqida o‘ylamayapti”, deb yozgan Jeykobs.

Kiritildi: 18:32, 02.04.2023.
O'qildi: 2487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик