Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun g‘alabaga umid qilgandik"

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun g‘alabaga umid qilgandik"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turida "Bunyodkor" o‘z maydonida "Turon" jamoasini qabul qildi va uchrashuvda hisob ochilmadi. O‘yindan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bunyodkor" 9 ochko jamg‘argan bo‘lishiga qaramasdan, bugun maydonda yaqqol favorit jamoa yo‘q edi. Har ikki jamoa ham o‘zining yaxshi tomonlarini ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda biz ko‘proq vaziyatlar yaratdik va to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa "Bunyodkor" bizdan ko‘ra faolroq harakat qildi. O‘yinning oxirgi daqiqasidagi vaziyatni hisobga olmaganda, vaziyat yaratilmadi desak ham bo‘ladi.

Himoyamiz birinchi bo‘limda 1-2 ta xatolarga yo‘l qo‘ydi, lekin ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni topib oldik. Umuman olganda, himoyachilarimiz yomon o‘ynashmadi. Raqibga vaziyat yaratgani imkoniyat bermadik. Har bir kiritilgan ochko jamoamizning foydasiga ishlaydi.

Eng asosiysi yigitlar so‘nggi uchta o‘yindan tushkunlikdan keyin bugungi o‘yinda o‘zlariga bo‘lgan ishonch bilan o‘ynashdi. To‘g‘risini aytganda, biz g‘alabani mo‘ljallagandik, lekin "Bunyodkor"ning so‘nggi daqiqadagi vaziyatini hisobga oladigan bo‘lsak, durang adolatli natija bo‘ldi" - dedi Ashurmatov.

Kiritildi: 20:35, 02.04.2023.
O'qildi: 1696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик