Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Chelsi" uchun o‘nta yo‘l – Todd Byoli kimni tanlarkin?

"Chelsi" uchun o‘nta yo‘l – Todd Byoli kimni tanlarkin?

Baho:
+ | -

Grem Potter, vanihoyat, iste’foga chiqarildi. Aslida bu voqea futbol jamoatchiligi tomonidan anchadan beri kutilayotgandi. Potter davrida Yevropaning ikki yil oldingi chempioni, APLda 11 o‘ringacha tushib ketdi. Mavsum tugashiga esa atigi 10 tur qoldi. "Chelsi"ga yana bir nemis murabbiyi kelishi kutilmoqda. "Bavariya"dan ketgan Nagelsman, Byoli tomonidan yana ishga tayinlanishi mumkin. Ammo u yagona variant emas. Quyida "aristokratlar" boshqaruviga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxati bilan tanishasiz.

1. Yulian Nagelsman

Hammaga ushbu tanlov qolganlaridan ko‘ra haqiqatga yaqinroq bo‘lib tuyulishi mumkindir. Ammo Nagelsman uchun faqatgina "Chelsi" kurashmaydi. O‘tgan haftaning boshida ishdan ketgan Antonio Kontening bo‘shab qolgan o‘rni Nagelsmanga berilishi mumkin. Shunday ekan, ikki London klubi hali bu borada kurash olib boradi.

2. Maurisio Pochettino

Tahlilchilar fikriga ko‘ra, Pochettino ham har ikki London klubi – "Tottenxem" va "Chelsi"ga tashrif buyurishi mumkin. Qay birini tanlash esa argentinalikning o‘ziga havola. Pochettino oldin "shporlar"ni boshqargan. Ammo "Chelsi"dagi ish, u uchun yangisi bo‘ladi.

3. Brenden Rojers

Rojers "Chelsi"da oldin faoliyat yuritgan. Biroq, bunda bir muammo bor. "Chelsi" Tuxel o‘rnini "Brayton"da ajoyib o‘yin qurgan Potter bilan to‘ldirgandi. Endi esa "Lester Siti"ning omadsiz murabbiyi olib kelinishi qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin?


4. Luis Enrike

Ispaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Grem Potter haydalish arafasida ekani ayon bo‘lganidan beri uning o‘rnini egallash uchun favoritlar qatorida edi. Enrike klublar futboliga qaytishni istaydi. "Chelsi" u uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. Ammo bu uchun Enrike Nagelsman bilan raqobat qilishi kerak.

5. Joze Mourinyo

U allaqachon ikki davr mobaynida "Chelsi"da ishlashga ulgurgan. Uchinchi davrni ham inkor etib bo‘lmaydi. Mourinyo "PSJ"ga taklif etilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. Negaki, parijliklar Kristof Galtyeni iste’foga chiqarishi mumkin. Mourinyoning o‘zi kelajagi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Hozircha uning niyati "Roma"dagi ishni davom ettirish bo‘lib turibdi. "Chelsi"dagi o‘rin bo‘sh qolgani sababli, Mourinyoning yana APLga qaytishini inkor etib bo‘lmaydi.

6. Zayniddin Zidan

Zidan doimiy ta’kidlab kelmoqda: unda APL jamoalari bilan ishlash niyati yo‘q. Shunga qaramay, baribir fransuz afsonasi nomi "Chelsi" variantlari ichida mavjud. Ammo Zidanning o‘zi boshqa bir top-jamoani ko‘zlab turibdi. Buni siz yaxshi bilasiz.

7. Diyego Simeone

Simeone nomi paydo bo‘lganida, ko‘plab bahslar ham vujudga keladi. Negaki, uning alohida uslubi bor. Bu uslub na Grem Potternikiga, na undan oldingi Tuxelnikiga o‘xshaydi. Aksincha, argentinalik mutaxassis himoyaviy futbolni ma’qul ko‘radi. Ammo Simeoneda yulduz futbolchilarni qanday qilib boshqarish borasida katta tajriba mavjud.

8. Oliver Glazner

Glaznerning "Ayntraxt"dagi ajoyib ishi, unga ko‘plab katta klublar qiziqishiga sabab bo‘ldi. 48 yoshli mutaxassis "Tottenxem" uchun ham variant hisoblanadi. Avstriyalik murabbiy o‘tgan mavsumda qiyinchilik bilan Frankfurt klubini YELda g‘olibga aylantirgandi. Glazner jamoasi bu mavsumda Bundesligada yaxshi natija qayd etmoqda.

9. Ruben Amorim

"Sporting" ustozi Grem Potter kelishidan oldin ham "Chelsi" ro‘yxatida bor edi. U "Tottenxem"ga ham ishga kelishi mumkin. Amorim Portugaliyada yaxshi jamoa tuza oldi. Buni lissabonliklarning "Arsenal"ga qarshi bahsida guvohi bo‘ldik.

10. Roberto De Zerbi

De Zerbi Potter o‘rnini egallaganida, ko‘pchilik uni tanimasdi. Ayrimlar uning mahoratiga shubha ham qilgan. Ammo u barcha fikrlarni chippakka chiqardi. Ayni damda "Brayton" yevrokuboklar uchun kurashmoqda. Italiyalik mutaxassis o‘z jamoasini pressing mashinasiga aylantirdi. "Chelsi" De Zerbini olib kelishi uchun, "Brayton"ga 11.5 million funt to‘lashi kerak bo‘ladi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 07:58, 03.04.2023.
O'qildi: 5004 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.