Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Dilshod Karimov: «Kecha «Paxtakor» tarkibida 9 nafar akademiyamiz futbolchisi maydonga tushdi»

Dilshod Karimov: «Kecha «Paxtakor» tarkibida 9 nafar akademiyamiz futbolchisi maydonga tushdi»

Baho:
+ | -

Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o‘yinda "Paxtakor" safida 9 nafar akademiya tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi.

Asosiy tarkibda Hojiakbar Alijonov (1997), Shahzod Azmiddinov (2000), Muhammadqodir Hamraliyev (2001), Sardor Sobirxo‘jayev (1994), Abbos Fayzullayev (2003) maydonga tushdi. Ikkinchi bo‘limda esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (2003), Behruz Asqarov (2003), Diyor Xolmatov (2002) va Rustam Turdimurodov (2004) maydonga tushishdi. Shuningdek, Shahzod Rahmatullayev (2003) va Abu Bakir Ashurov (2003) qaydnomadan joy oldilar. Guvohi bo‘lganingizdek, jamoa kecha 20 o‘yinchidan iborat qaydnomada 11 nafar akademiya futbolchisidan foydalandi.

"Mana sekin biz istagan jamoa shakllanib boryapti. Kecha qayd etilgan natija anchadan beri klubimizda bo‘lmayotganini aytishdi. Xursand bo‘ldik, klub yana o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga to‘ldi", - deydi jamoa raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov.

Mutaxassis so‘zida davom etar ekan, quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

- Ko‘pchilik "Paxtakor"ni boshqa jamoalardan kelgan o‘yinchilar evaziga tuzilgan jamoa deyishga urinmoqda. Farruh Sayfiyev, Eldor Suyunov, Odil Hamrobekov, Sanjar Quvvatov, Sardor Rashidov, Aziz Turg‘unboyev va Doston Hamdamov kabi futbolchilar qonida allaqachon "Sherlar" qoni oqyapti. Ular aynan bizning jamoaga kelib yanada o‘sdilar. "Paxtakor" ruhiyati ularning, keyinchalik MTJning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biriga aylanishlariga turtki bo‘ldi. Bu futbolchilar akademiyadan chiqayotgan yosh avlodga o‘zlarining boy tajribalarini o‘rgatyaptilar. Cheran kabi legionerga, menimcha, O‘zbekistondagi istalgan klub muhtoj. Bugun qaydnomadan 11 nafar futbolchi o‘rin olgan bo‘lsa, maqsadimiz yana ikki yildan keyin ular sonini 15-16 nafarga chiqarish. Bu borada U-21, U-19 va akademiyaning qolgan yoshlariga homiylar yordamida e’tiborni keskin oshirganmiz.

Maksim Shaskix haqida:
- Uning yaxshi jihatlaridan biri, klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarining xizmatlaridan foydalanayotgani. Aslida har qanday rivojlanayotgan klub, avvalo o‘z akademiyasiga e’tiborni qaratish kerak.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:33, 03.04.2023.
O'qildi: 2836 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.