Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"PSJ" "Napoli" himoyachisiga xaridor

"PSJ" "Napoli" himoyachisiga xaridor

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" "Napoli" himoyachisi Kim Min Chjega qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Avvalroq, koreyalik futbolchi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi, u yerda "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" uni o‘z safida ko‘rishni istashi haqida xabar berilgandi. Min Chjening "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisini 50 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda himoyachi neapolliklar safida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi o‘tgan yozdan beri “Napoli” sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq u Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasida o‘ynagan.

Kiritildi: 14:08, 05.04.2023.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик