Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Prevyu. OKMK – «Navbahor»

Prevyu. OKMK – «Navbahor»

Baho:
+1 | -

Superliga 5-turi doirasida jamoamiz safarda Olmaliqning OKMK (bu yildan jamoa nomi o‘zgardi) klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 30 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 12 marta, namanganliklar esa 9 marta zafar quchishgan. To‘qqizta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich - 39:39, ya’ni, tenglik.

O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 45 ochkoni, “lochinlar” esa 36 ochkoni qo‘lga kiritishgan.    

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:                              

2008 yil
“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)
Gollar: SH.Mirxoldirshoyev (25), D.Hojiyev (85).

OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: SH.Mullajonov (66) - SH.SHaripov (10).

2009 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: S.Usmonxo‘jayev (27), B.Haydarov (72-pen.).

2010 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)
Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G‘.Jo‘rayev (51).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: N.Otaqo‘ziyev (68).

2011 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: Z.Pirimov (80).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)
Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullayev (88).

2012 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: A.Vostrikov (7).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:0)
Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiyev (74).

2013 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:4 (1:1)
Gollar: SH.Erkinov (6), D.Turopov (52), YE.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:3 (1:3)
Gollar:  S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboyev (23), S.SHoahmedov (32,35).

2014 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:1)
Gol: B.YOqubov (36), SH.Erkinov (39,63) - SH.Hakimov (28).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:1 (1:1)
Gollar: A.Isroilov (6),S.SHoahmedov (52,83) - SH.Erkinov (31).

2015 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 2:2 (1:1)
Gol: SH.Erkinov (38,68) -  SH.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)
Gollar: S.Quttiboyev (5,65) - D.Jabborov (69).

2016 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)
Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiyev (22) - A.Rajabov (71).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)
Gollar: A.Abdullayev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isayev (28), A.Amanov (50).

2017 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: S.Rixsiboyev (13), I.Yelich (89) – O.O‘runov (90).

“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)
Gollar: N.Yovanovich (83) – SH.Mullajonov (90+2).

2018 yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)
Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboyev (50), D.Jabborov (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)
Gol: D.Stanoyevich (15).

2019 yil  
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: SH.Norbekov (90+3) – A.Kasyan (7).

“Navbahor” – AGMK – 0:1 (0:1)
Gol: Z.Polvonov (41).

2020 yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:0)
Gollar: Azizbek Turg‘unboyev (22) – Yovan Jokich (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 0:0

2021 yil
AGMK – “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: Sanjar Tursunov (26-penalti), Shohruh Gadoyev (71) - Slavisha Stoyanovich (44-penalti).

“Navbahor” – AGMK – 0:0.

2022 yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:1)
Gollar: Shohruh Gadoyev (49) - Jamshid Iskanderov (11), Zoran Marushich (81).  

“Navbahor” – AGMK – 3:1 (1:0)
Gollar: Jamshid Iskanderov (11-pen.), Doniyor Abdumannopov (53), Yovan Jokich (77) - Mirjahon Mirahmadov (82).

Mazkur jamoalarning Olmaliqda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 15 ta bahsning  8 tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, jamoamiz 4 marta zafar quchgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 24:20, OKMK foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, OKMK – “Navbahor” uchrashuvi  9 aprel kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 18:05 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:35, 05.04.2023.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик