Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Chelsi"ning asosiy tarkibi Frenk Lempard qo‘l-ostida qanday ko‘rinish oladi?

"Chelsi"ning asosiy tarkibi Frenk Lempard qo‘l-ostida qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

Frenk Lempard yana "Stemford Brij"ga qaytdi. Bu, uning jamoadagi ikkinchi murabbiylik faoliyati bo‘ladi. "Chelsi" afsonasi futbolchilik davrida katta shuhratga erishgan edi. Ammo murabbiy sifatida bunday deb bo‘lmaydi. Lempard 2021 yilning yanvarida ishdan bo‘shatiladi. U Grem Potter ketganidan keyin vaqtinchalik murabbiy sifatida yana ishga taklif etildi. 44 yoshli mutaxassis joriy mavsum avvalida "Everton" tomonidan ise’foga chiqariladi. Quyida Lempard nazoratida jamoaning asosiy tarkibi qanday ko‘rinish olishi haqida so‘z boradi.

Ayni damgacha "Chelsi"da Bruno Saltor ishlayotgan edi. U Tomas Tuxel va Grem Potter ma’qul ko‘rgan 3 ta himoyachi taktik sxemasidan foydalanadi. Ammo Lempard yana to‘rtta himoyachidan foydalana boshlaydi. Xususan, u Tuxeldan oldin 4-3-3 yoki 4-2-3-1 ko‘rinishida tarkib tuzardi. Asosiy jamoadagi eng birinchi o‘zgarish, shubhasiz Eduar Mendini darvozaga qaytishi bo‘ladi. Lempard va Kepa Arrisabalaga o‘rtasida bir paytlar kelishmovchiliklar kelib chiqqan. Shuning uchun ispaniyalik darvozabonning tarkibdan tushib qolishi tabiiy hol sifatida qaraladi. Yana bir almashinuv himoya chizig‘ida ro‘y beradi.

Xususan, Ben Chilvell chap qanotda Mark Kukurelyadan ko‘ra ma’qul ko‘rilishi kutilmoqda. O‘ngda esa Ris Jeyms asosiy o‘rinni band etadi. Lempard markaziy himoya uchun yosh bo‘lgan Vesli Fofana va Benua Badiashileni, nisbatan qariroq bo‘lgan Kalidu Kulibali va Tiagu Silvadan afzal ko‘radi. Yarim himoya, xususan, tayanch uchun N'Golo Kantedan ma’qul nomzod topib bo‘lmaydi. U "Liverpul"(0-0) bilan bahsda 14 avgustdan beri ilk bor maydonga qaytgandi. Shunday ekan, murabbiy kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Kante asosiy tarkibda bo‘ladi.

4-3-3 taktik sxemasida Kante oldidan hujumkor futbolchilar bo‘lmish Meyson Maunt va Enso Fernandes joylashadi. Mauntning yana asosiy tarkibga qaytishi o‘ta muhim sanaladi. Negaki, u Lempardning "Chelsi"dagi so‘nggi o‘yinida jamoa sardori sifatida harakat qilgandi. Shuningdek, yarim himoyaning hujumga yaqin qismi uchun Mateo Kovachich va Kay Xavers ham mos keladi.
Lempard hujumda o‘zining Angliya terma jamoasidagi sobiq sherigi Raxim Sterlingga ishonadi. Chap qanotga Mixail Mudrik ham da’vogar sanaladi. O‘ngda esa boshqa nomzodlardan ko‘ra yosh va tezkor Noni Madueke paydo bo‘ladi. Markaziy hujumchi vazifasi ijaradagi futbolchi Joau Feliksga yuklatiladi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, Lempardni qaytgani, Xakim Ziyesh, Denis Zakaria va Sesar Aspilikueta uchun yomon xabardir. Negaki, ular endi uzoq vaqt zaxirada qolib ketishi mumkin.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:00, 06.04.2023.
O'qildi: 3869 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.