Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Joau Kanselu o‘z klubining afsonaviy himoyachisi Filipp Lam bilan taqqoslashdan juda mamnun ekanligini tan oldi. Biroq, u Lam darajasiga erishish uchun hali ko‘p mehnat qilishi kerakligini ta’kidladi.
"Odamlar meni Lam kabi buyuk futbolchilar bilan solishtirganidan juda xursandman. Menga uning o‘yini doim yoqqan, u Dani Alvesh yoki Marselo kabi futbolchilar bilan birga men uchun namuna edi. Ammo menda Lam bilan bir xil darajada bo‘lish uchun hali ko‘p ish qilishim kerak", - dedi Kanselu "Bavariya" matbuot xizmatiga.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan qishdan beri portugaliyalik futbolchi Myunxen jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi, u olti oylik ijara shartnomasi bo‘yicha "Manchester Siti"dan "Bavariya" safiga o‘tgan edi.