Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Premyer-liganing asosiy poygasi uchun superkompyuter bashorati

Premyer-liganing asosiy poygasi uchun superkompyuter bashorati

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasida chempionlik poygasi qizg‘in pallaga kirdi. “Arsenal” tugashiga chempionat tugashiga to‘qqiz o‘yin qolganida “Manchester Siti”dan 8 ochko oldinda, ammo “shaharliklar”ning qo‘lida bitta o‘yin bor. Xosep Gvardiola jamoasi "kanonirlar"ga qaraganda qiyinroq jadvalga ega, "Siti" chempionat, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida sovrin uchun kurashmoqda. “Arsenal” va “Manchester Siti”ning mavsum oxirigacha bo‘lgan taqvimini o‘rganib, “shaharliklar” Premyer-ligada g‘alaba qozona oladimi, degan savolga yuzlanamiz.

"Arsenal"

“Arsenal” 29 turdan keyin 72 ochkoga ega. Mikel Arteta shogirdlari 23 o‘yinda g‘alaba qozongan, 3 durang va 3 bor mag‘lub bo‘lgan. "Arsenal"ni oldinda to‘rtta uy o‘yini va beshta safar o‘yini kutib turibdi. Birinchi davrada “kanonirlar” oldinda turgan raqiblar bilan quyidagicha o‘ynadi: “Liverpul” (3:2), “Vest Xem” (3:1), “Chelsi” (1:0), “Brayton” (4:2), “Nottingem Forest” (5:0) klublarini mag‘lub etishdi. “Sautgempton” (1:1) va “Nyukasl” (0:0) bilan ochko bo‘lishib, “Manchester Siti”ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

Five Thirty Eight superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra, "Arsenal"ning Premyer-ligada g‘alaba qozonish ehtimoli 51%. Dastur "kanonirlar" 88 ochko bilan birinchi o‘rinni egallashini tahmin qilmoqda. "Manchester Siti" superkompyuter bo‘yicha 87 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoladi.

"Arsenal"ning mavsum oxirigacha taqvimi:

9 aprel, “Liverpul”;

16 aprel, “Vest Xem”;

21 aprel, “Sautgempton”;

26 aprel, “Manchester Siti”;

29 aprel, “Chelsi”;

7 may, “Nyukasl”;

14 may, “Brayton”;

20 may, “Nottingem Forest”;

28 may “Vulverxempton”.

"Manchester Siti"

"Manchester Siti" uchun "Arsenal" bilan 8 ochkolik farqni yo‘qotish nihoyatda qiyin bo‘ladi, chunki jamoa uchta musobaqada ishtirok etadi. "Shaharliklar"ning taxminiy taqvimi shunday ko‘rinadi, biroq jamoa Chempionlar ligasida yurishini davom ettirsa, ba’zi o‘yinlar o‘zgartirilishi mumkin.

“Manchester Siti”ning mavsum oxirigacha taqvimi:

11 aprel, “Bavariya”, Chempionlar ligasi;

15 aprel, “Lester”;

19 aprel, “Bavariya”, Chempionlar ligasi;

22 aprel “Sheffild Yunayted”, Kubok yarim finali;

23 aprel “Brayton”;

26 aprel, “Arsenal”;

30 aprel, “Fulxem”;

3 may, “Vest Xem”;

7 may, “Lids”;

14 may, “Everton”;

20 may, “Chelsi”;

28 may, “Brentford”.

"Man Siti" birinchi davrada "Sautgempton" (4:0), "Lester" (1:0), "Brayton" (3:1), "Arsenal" (3:1), "Fulxem" (2:0) klublarini mag‘lub etdi. “Everton” bilan durang o‘ynadi (1:1), “Brentford”ga yutqazdi (1:2). Opta Analyst superkompyuteri ham “Arsenal”ga 56,4% ehtimol bilan ustunlikni beryapti.

Kiritildi: 22:34, 08.04.2023.
O'qildi: 2584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик