Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Asror Aliqulov: «Jamoaviy o‘yin jihatdan oqsayapmiz»

Asror Aliqulov: «Jamoaviy o‘yin jihatdan oqsayapmiz»

Baho:
+ | -

"Paxtakor"ga qarshi Superliganing 5-tur o‘yinidan (1:3) so‘ng "Qizilqum" ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Raqibga qarshi bosim uyushtirish uslubini tanlagandik, ammo bosim natijasida gol o‘tkazib yubordik. Maydonda harakatlanishda ham sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Raqib bizdan tezroq fikrlagan holda harakat qildi. O‘yin davomida himoyadan qarshi hujumga o‘tishni maqsad qilgandik. Ikkinchi bo‘limda 10 kishi bo‘lib qoldik, bu ham o‘z ta’srini o‘tkazdi. Shunga qaramasdan, bosim natijasida gol urdik.

— "Qizilqum"ning "Paxtakor"ga qarshi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga sabab nima?
— Jamoa hali yangi. Aksariyat jamoada qolgan futbolchilar o‘tgan yil zaxirada qolgan. Bugun xatolarimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Hali bir jamoa bo‘lib shakllanishimiz uchun vaqt kerak. Lekin Superliga kutib turmaydi. Hali ko‘p ishlar olib borishimiz kerak.

— Hujumchilardan ko‘nglingiz to‘lyaptimi? Jamoa kutilganidan kam gol urmoqda?
— Mavsum avvalida Xolto‘rayev imkoniyatlarimizga mos kelgani uchun tarkibga jalb qilgandik. Mbaomaning jamoaga kirishib ketishi ham qiyin bo‘lmoqda. Bugun u gol urdi, keyingi o‘yinlarda muvaffaqiyat kutib qolamiz. Hujumlarimiz Kenjaboyev va Xolto‘rayev asosida tashkil etilmoqda. Bizda ikki qanot birday ishlamayapti. Jamoaviy o‘yin jihatdan oqsayapmiz. Bir maromda o‘yin olib borolmayapmiz. Markazda ham muammolar yetarlicha. Hali ko‘p ishlar olib berishimiz kerak.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 22:53, 10.04.2023.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик