Superliganing ortda qolgan 5 turida 14 nafar bosh hakam ishladi. Ular orasida eng yoshi Yaypanda bo‘lib o‘tgan "Turon" — "Olimpik" uchrashuvini boshqargan Ibrohim Ismoilov hisoblanadi.
"26 yoshli referi O‘zbekiston chempionatidagi debyutini 2022 yilgi mavsumning oxirgi turida nishonlagan edi" - deya bayonot bermoqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi matbuot xizmati.