Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nevill Firminoning iste’dodini yuqori baholadi

Nevill Firminoning iste’dodini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoning iste’dodini yuqori baholadi.

31 yoshli braziliyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanadi va u "mersisaydliklar" bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Hujumchi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq emas.

Nevill Firminoning kelajagi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi: "Kimdir juda yuqori sifatli o‘yinchi oladi. Agar u Angliyada qolishni istasa, APLning kuchli oltiligidagi boshqa klubda o‘ynashi mumkin edi. Menimcha, Roberto ajoyib futbolchi”, - dedi Nevill Sky Sports telekanalida.

Roberto Firmino joriy mavsumda 32 o‘yinda 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:05, 11.04.2023.
O'qildi: 1262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.