Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

O‘zbekiston Kubogi. "Neftchi"-"Bunyodkor". Prevyu

O‘zbekiston Kubogi. "Neftchi"-"Bunyodkor". Prevyu

Baho:
+1 | -

Superligada yakuniga yetgan 5-tur bahslaridan so‘ng e’tiborni O‘zbekiston kubogi turniriga qaratiladi. Ayni damda chempionatda karvonboshilik qilib kelayotgan "Neftchi" hamda "Bunyodkor" jamoalari O‘zbekiston Kubogi musobaqaning "S" guruhidan joy egallagan bo‘lib, 12 aprel kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" markaziy o‘yingohida kubok uchun kurashga kirishadilar.

"Bunyodkor" futbol klubi 2005 yilda "Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan jamoadir. 2008 yildan e’tiboran jamoa "Bunyodkor" nomi ostida to‘p sura boshladi. O‘tgan davr mobaynida "Bunyodkor" O‘zbekistonning 5 karra chempioni, 3 karra kumush medallar, 4 karra O‘zbekiston kubogi va bir marotaba Superkubok sohibi bo‘lgan. 2008 va 2012 yilda "Bunyodkor" OCHL kubogining yarim finaligacha yetib borgan.

Milliy chempionatimizga kelsak, jamoalar o‘zaro 26 marta ro‘baro‘ kelishgan. Bulardan "Neftchi"da 5ta o‘yinda g‘alaba va 17 ta bellashuvda mag‘lubiyat mavjud, 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 22-55 toshkentliklar foydasiga.

O‘zbekiston kubogi doirasida jamoalar to‘rt marta kuch sinashgan.Bu qarama-qashilikdagi ko‘rsatkich ham poytaxtliklar foydasiga:

27.07.2017. "Bunyodkor"-"Neftchi" 3:1
30.06.2017. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:2
04.07.2010. "Bunyodkor"-"Neftchi" 4:1
30.06.2010. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:3

Kiritildi: 11:19, 11.04.2023.
O'qildi: 2894 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик