Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Shmeyxel: "Mudrikning narxi unga bosim o‘tkazmoqda"

Shmeyxel: "Mudrikning narxi unga bosim o‘tkazmoqda"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"da o‘ynagan daniyalik afsonaviy darvozabon Peter Shmeyxel Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Mixail Mudrikning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uning transferi uchun juda ko‘p mablag‘ sarflangan bo‘lsa-da, hali birorta ham gol urmadi. Mudrik menga ajoyib futbolchi bo‘lib tuyuldi. Men uning "Shaxtyor" tarkibida bir nechta o‘yin o‘tkazganini ko‘rdim, u ularni ajoyib darajada o‘tkazdi.

"Chelsi"da Mixail boshqacha uslubda o‘ynaydi. Uning narxi bosim o‘tkazmoqda. Bu so‘nggi daqiqada "Arsenal"dan o‘g‘irlanganga o‘xshaydi. Shu sababli uning atrofida juda ko‘p bahs-munozaralar ketmoqda", - dedi Shmeyxel HITC Sport bilan suhbatda.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Mudrik 9ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:32, 11.04.2023.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик