Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Alaba: "Anchelotti qolishini istardim"

Alaba: "Anchelotti qolishini istardim"

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi David Alaba bosh murabbiy Karlo Anchelottining kelasi mavsumda qolishini istamoqda. Eslatib o‘tamiz, italiyalikning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq u mavsum oxirida qoniqarsiz natijalar qayd etsa, iste’foga chiqarilishi mumkin.

“Albatta, Anchelotti qolishini istardim. U ajoyib murabbiy. Karlo qanday qilib muvaffaqiyatli bo‘lishni biladi. Bizda shunday murabbiy borligidan juda xursandmiz va uning keyingi mavsumda qolishini istaymiz”, dedi Alaba matbuot anjumanida.

Anchelottida Braziliya terma jamoasini boshqarish taklifi bor. Italiyalik “Real”dagi ishidan ayrilsa, taklifni qabul qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:12, 11.04.2023.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик