Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Valeriy Karpin: «40 darajada futbol, bu ham kerakdir balki...»

Valeriy Karpin: «40 darajada futbol, bu ham kerakdir balki...»

Baho:
+ | -

Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin CAFA chempionatida ishtirok etish masalasiga xotirjam qaramoqda.

Umuman, rossiyalik jurnalistlar oxirgi vaqtlar uni Osiyo futboli masalasida tez-tez bezovta qilishmoqda. Chunonchi, Rossiya termasi mart oyidagi FIFA kunlari ham OFK vakillari (Eron - 1:1 va Iroq - 2:0)ga qarshi o‘ynadi.

- Rossiya termasi iyun oyida Toshkent va Bishkekda bo‘ladigan CAFA turnirida mehmon sifatida ishtirok etishi ma’lum qilindi. Bunga qanday qaraysiz?

- Taklif tushganini aytishdi. 40 darajali issiq O‘zbekistonda o‘ynash kerakmi? Bir tomondan, bu ham kerak. Biroq boshqa tarafdan, turnir vaqti noqulay. Axir iyunda yozgi ta’til boshlanadi, qolaversa, kubok finali shu muddatga qo‘yilgan. Tabiiyki, finalda o‘ynaydigan klublar futbolchilarini yig‘inga chaqirolmaymiz. Lekin eng asosiy muammo - bu ta’til boshlanishi. Ta’til vaqtida shug‘ullanish... Yana maydonlar masalasi bor. Hozircha turnir o‘yinlari qayerda bo‘lishini bilmadim. Bishkekdagi maydon yodingizdami? Agar yana o‘sha yerda o‘ynasak, qo‘shimchasiga 40 daraja issiqda... Bilmadim, bu qotillik bo‘ladi. Oldingi safar Bishkekda bizni shunchaki, «o‘ldirishgandi».

CAFA turniri Osiyo tomon tashlanayotgan qadammi?

- Ancha oldin harakat boshlangan. Mana, faqat Osiyo jamoalari bilan o‘ynayapmiz. Chunki hozir boshqa variantlar yo‘q.

- Osiyo futboli daraja bo‘yicha Yevropanikidan nechog‘li kuchsiz yoki...?

- Bu nima degani? Qaysi jamoa bilan solishtirganda? Fikrimcha, Eron termasi deylik, Sloveniya va Slovakiya termalaridan kuchliroq. O‘zbekiston termasi? Plyus-minus. Yevropada kuchliroq jamoalar qatori zaifroqlari ham bor. Osiyoda ham xuddi shunday.

- OFK zonasidan JCHga chiqish osonroqmi?

- Qancha yo‘llanma borligi, saralash qanday bo‘lishini bilmayman. To‘g‘risi, buni hali o‘rganib chiqmadim. Osonroq yoki qiyinroq bo‘lishini aytish qiyin. Lekin chiptani kurashsiz berib qo‘ymasliklari aniq.

MUNOSABAT

- OFKga o‘tish? Agar bu futbol va sportchilarga foydali bo‘lsa, nega inkor etish kerak? Qayerdadir plyuslari bor, xuddi minuslari kabi. Osiyo futboli saviyasi uncha past emas, hali yanada oldinga siljiydi. Qolaversa, nimadir bo‘lsa, keyinroq ortga qaytishimiz ham, qolishimiz ham mumkin. Dmitriy Medvedev (Rossiya Federasiyasi Harbiy sanoat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari).

- Agar Rossiya OFKning bir qismiga aylansa, bu butun Osiyo futboli uchun oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. O‘zgarish, rivojlanish uchun - yangi turtki. Iroq futbol federasiyasi bayonoti.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:15, 11.04.2023.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.