Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jahongir Jiyamurodov: “Ikkinchi goldan so‘ng futbolchilar ruhiy holati sindi”

Jahongir Jiyamurodov: “Ikkinchi goldan so‘ng futbolchilar ruhiy holati sindi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1-tur “Sho‘rtan” — “Yangiyer” (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugungi yutuq bilan “Sho‘rtan” jamoasini tabriklayman. O‘yin mazmunli o‘tdi. Birinchi bo‘limda bizni yigitlar juda ham yaxshi harakat qilishdi. Moliyaviy ahvolimiz yaxshi bo‘lmaganligi sababli biz o‘yin kuni G‘uzorga yetib keldik. O‘yin kuni kelganligimiz sababli natijaga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi deb o‘ylayman. Yigitlar jismonan anchagina qiynalishdi.

Birinchi liga chempionati o‘yinlari ortga surilganligi sababli, bugungi o‘yin natijasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda yigitlar bir-birini tushunishmadi. Shuning evaziga biz mag‘lubiyatga uchradik.

Yigitlarning harakatidan ko‘nglim to‘ldi. Birinchi bo‘limda aytilgan vazifalarni hammasini to‘g‘ri bajarishdi. Ikkinchi bo‘limda natija yaxshi bo‘ladimi deb malakali, yoshi katta futbolchilarni qo‘ygan edim, lekin futbolchilarning jismoniy holati tayyor bo‘lmaganligini bildirib qo‘ydi. Maydonda o‘zlarining pozisiyalarini yo‘qotib quyishdi.

Ikkinchi va uchinchi gollardan keyin jamoadagi bosim kamaygani, o‘yinga e’tiborsizlik natijasida jamoa mag‘lubiyatga uchradimi?

Bu holatda men o‘zimni fikrimni bildirsam, hakamlarga qanaqa ko‘rinadi bilmadimu, lekin ikkinchi golda o‘yindan tashqari holat bor edi deb o‘ylayman. Balkim bo‘lmagandir, lekin yigitlar ikkinchi goldan keyin tushkunlikka tushib qolishdi. Ketma-ket xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Ularga iroda yetishmadi.

— Bugungi o‘yindan kelib chiqib, yangi murabbiy qo‘l ostida “Sho‘rtan” jamoasida nima o‘zgarish ro‘y berdi o‘ylaysiz?
— Aleksey Vladimirovichni murabbiy sifatida yaxshi taniyman. “Sho‘rtan” jamoasini yaxshi shakllantiribdi. Lekin maydonning holati og‘irligi hisobga olganda “Sho‘rtan” jamoasi futbolchilari ham bugungi o‘yinda ancha qiynaldi. O‘yin jarayonida ketma-ket taktik xatoliklarga yo‘l quyishdi.

— Maydon standart talabga javob bermas ekanmi?
— Biz o‘ynab yurgan vaqtimizda maydonning chimi balandroq qilib o‘rilar edi. Ammo hozir maydon futbolchilar uchun biroz og‘irroq deb o‘ylayman..

— Mavsum boshlanganiga hech qancha bo‘lgani yo‘q. Ammo hozirdan jamoada moliyaviy muammolar bor deyapsiz...
— Endi sizga aytsam, bizning klub xususiy bo‘lganligi uchun ozroq moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lib turibdi. Aprel oylarida yangi qaror chiqishi kutilmoqda. Shundan so‘ng shartnomalar qayta imzolanadi va hammasi o‘z iziga tushib ketadi degan umiddamiz.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 09:07, 13.04.2023.
O'qildi: 1824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.