Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Shohruz Norxonov: “Derbi bahslari doimo shiddatli, keskin kurashlar ostida va tomoshabop kechadi”

Shohruz Norxonov: “Derbi bahslari doimo shiddatli, keskin kurashlar ostida va tomoshabop kechadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi “vodiy derbisi” arafasida “lochinlar”ning bugun 30 yoshini nishonlayotgan tajribali hujumchisi Shohruz Norxonov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"So‘zim avvalida barcha hamyurtlarimizni shu kunlarda yurtimizda davom etayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Mazkur oyda bajarayotgan barcha amallari, ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilsin, ilohim!

Bo‘lajak o‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, ushbu bahs “vodiy derbisi” sanaladi va derbi bahslari doimo shiddatli, keskin kurashlar ostida va tomoshabop kechadi.

Mazkur uchrashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta hamda Xudo xohlasa, ilk marta “vodiy derbisi”da bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lib turibman.

Joriy mavsum bahslari Superligada barcha jamoalarning kuchi deyarli teng ekanligi, bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligini isbotlamoqda.

Bo‘lajak raqibimiz “Andijon” ham derbi maqomiga ega uchrashuvda jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi.

O‘tgan turda OKMKga qarshi kechgan o‘yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, andijonliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz" - dedi Norxonov.

Kiritildi: 11:25, 13.04.2023.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик