Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:30 Tailand - Braziliya
20/09 17:30 Kuba - Xorvatiya
20/09 20:00 Kosta-Rika - O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya - Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Anchelotti del Boskening rekordini yangiladi, «Chelsi»da 30 yillik antirekord. «Real» - «Chelsi» uchrashuvi raqamlarda

Anchelotti del Boskening rekordini yangiladi, «Chelsi»da 30 yillik antirekord. «Real» - «Chelsi» uchrashuvi raqamlarda

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki bahsi doirasidagi «Real» o‘z uyida «Chelsi»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinga oid statistika va faktlar

Madridliklar Chempionlar Ligasi doirasidagi uy o‘yinida ketma-ket 31 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi bor «Santyago Bernabeu»da to‘p o‘tkazib yubormagan jamoa «Barselona» bo‘lgandi, katalonlar bu ishni 2010/11 yilgi mavsumda uddalagan.

«Chelsi» so‘nggi beshta o‘yinning 3 tasini boy berdi va 2 tasida durang o‘ynadi. Ularning to‘rttasida «ko‘klar» gol urolmadi. Frenk Lempard qaytganidan keyingi ikkita o‘yinda «Chelsi» gol urmasdan mag‘lub bo‘ldi.

London klubi 1993 yildan beri ilk bor ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol urolmadi. 1993 yilning noyabrida jamoa uch marta mag‘lub bo‘lgan va bitta durang qayd etgandi.

«Chelsi» joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida g‘alabaga qaraganda mag‘lubiyat ko‘proq qayd etdi — 16 mag‘lubiyat, 15 g‘alaba va 10 durang. To‘plar nisbati ham manfiy ko‘rinishga ega — 41:44.

Individual raqamlar

Karlo Anchelotti «Real» boshqaruvida musobaqadagi 35-g‘alabasini tantana qildi (47 ta o‘yinda). Bu borada italiyalik mutaxassis Visente del Boskeni (60 o‘yinda 34 g‘alaba) ortda qoldirib, rekordchiga aylandi. Anchelotti «Real» bilan ikkita YECHL bosh sovriniga ega chiqqan.

Madridliklar forvardi Karim Benzema Chempionlar Ligasidagi 90-golini urdi (149 o‘yinda). Ularning 56 tasi guruh bosqichida urilgan bo‘lsa, 17 — 1/8 finalda, 8 — chorak finalda, 8 — yarim finalda va bitta finalda kiritilgan. Bu borada faqat uch futbolchi Karimdan oldinda: Krishtianu Ronaldu (140), Lionel Messi (129) va Robert Levandovski (91).

Benzema YECHLdagi so‘nggi 11 ta golining barchasini ingliz klubiga urdi: «Chelsi» (5), «Manchester Siti» va «Liverpul» (3 tadan).

Benzema 2023 yildagi gollari sonini 18 taga yetkazib olgan holda bu borada Erling Holandga yetib oldi. Bu hozircha top-5 ligalar futbolchilari uchun eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.

«Real» vingeri Marko Asensio Chempionlar Ligasida zaxiradan tushib gol urish bo‘yicha o‘ziga tegishli rekordni yangilab oldi — 9. Ole-Gunnar Sulsher, Karim Benzema va Tomas Myullerda 7 tadan gol bor.

«Chelsi» vakili Joau Feliks «Real»ga qarshi faoliyatidagi 7-o‘yinda ishtirok etdi. Unda Feliksning jamoalari 4 marta yutqazgan va 3 bor durang o‘ynagan. Portugaliyalik mazkur bahslarda birorta samarali harakat amalga oshira olmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:23, 13.04.2023.
O'qildi: 2685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.