Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kamavinga bilan muzokaralar boshlandi

Kamavinga bilan muzokaralar boshlandi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavinga bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" fransiyalik futbolchi bilan shartnomani 2029 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kamavinga "Renn"dan ko‘chib o‘tgandan keyin "Santyago Bernabeu"da ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Futbolchining uzoq muddatli shartnomasi bor, ammo rahbariyat uni yangilangan shartnoma bilan yanada qulayroq shartlarda olib qolmoqchi.

Bu mavsumda Kamavinga nafaqat yarim himoya markazida, balki himoyaning chap qanotida ham o‘ynamoqda. Ushbu rolda fransiyalik futbolchi kecha Chempionlar ligasida "Chelsi"ga qarshi chorak final uchrashuvida maydonga tushdi.

Kiritildi: 18:10, 13.04.2023.
O'qildi: 2315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик