Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sergey Arslonov: "O‘yin emas, kurash bo‘ldi"

Sergey Arslonov: "O‘yin emas, kurash bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turi doirasida mehmonda “Qizilqum” bilan bahsda durang o‘ynagan “Surxon” bosh murabbiyi Sergey Arslonov kurashlarga boy o‘yin bo‘lgani, ikkinchi taymdagi uzoqdan berilgan zarbalar, uslub va taklif etilgan yosh futbolchi haqida gapirdi.

“Uchrashuv kurashlarga boy va qiziqarli kechdi. O‘yindagi vaziyatlardan kelib chiqsak, durang adolatli natija bo‘ldi. O‘yin kam, ammo kurash ko‘p bahs o‘tkazdik deyishim mumkin”, - dedi Arslonov.

“Ikkinchi taymdagi uzoqdan berilgan zarbalarga kelsak, ko‘rgan bo‘lsangiz, shamol raqib darvozasi tomon esayotgan edi. Shundan kelib chiqib uzoqdan zarbalar ko‘proq berishni aytgan edim”.

“O‘ral Choriyev mahalliy futbolchilardan biri. O‘zimizni yosh umidli futbolchilardan. U o‘ziga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalana olsa, kelajagi bor. Hammasi uning o‘zining qo‘lida”.

“Avval ham aytganimdek, o‘z uslubimizni yaratishga harakat qilayapmiz. Turnir jadvalidagi o‘rnimiz yomon emas. Yanada yuqoriga ko‘tarilishni istaymiz va shunga yarasha jamoa qurayapmiz. Hozir egallab turgan o‘rnimizdan qoniqishni istamaymiz va yuqoriroq o‘rinlar uchun kurashga intilamiz. Jamoadagi o‘yinchilar ham shuni istaydilar” - dedi Arslonov.

Kiritildi: 23:37, 14.04.2023.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик