Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Shtutgart» Germaniya kubogining har bir bosqichida uchun yangi murabbiy bilan ishtirok etmoqda

«Shtutgart» Germaniya kubogining har bir bosqichida uchun yangi murabbiy bilan ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasida ishlari aslo yurishmayotgan «Shtutgart» mamlakat kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.

Bunaqasi futbolda kam bo‘lsada, uchrab turadigan holat, albatta. Ammo masalaning yana bir tomoni bor - «Shtutgart» yarim final dovonini qanday zabt etgani kishini hayratlantiradi.

Bundesliga turnir jadvalining oxirgi 18-pog‘onasidan chiqolmayotgan «Shtutgart» 5 aprel kuni mamlakat kubogi chorak finalida quyi divizion vakili - «Nyurnberg» mehmoni bo‘lib, 83-daqiqada urilgan yagona gol evaziga ortga g‘alaba bilan qaytdi. Bundesliga autsayderi shu tariqa yarim finalchilar qatoriga qo‘shildi. Shtutgartliklar Germaniya kubogi 1|2 finaligacha bo‘lgan yo‘lda 4ta bosqichdan o‘tishdi.

Endi eng asosiy fakt: jamoa mamlakat kubogining har bir bosqichi o‘yiniga yangi bosh murabbiy boshqaruvida kirishdi:

1/32 final - Pelligrino Matarasso bilan

1/16 final - Mixael Vimmer bilan

1/8 final - Bruno Labbadiya bilan

1/4 final - Sebastyan Xyoness bilan

«Shtutgart»ning mamlakat kubok sari yo‘lini oddiy va qisqacha ifoda etsak, «4» raqami asosiy o‘ringa chiqadi: 4ta bosqich, 4 nafar murabbiy, 4ta g‘alaba. Ha, juda noodatiy yo‘l.

«Shtutgart»ni endi oldinda yarim final dovoni kutmoqda. Qiziq, yaqindagina ish boshlagan amaldagi bosh murabbiy Sebastyan Xyoness bu dovonga yetib borarmikan? Bundesligadagi umumiy vaziyatga qarasak, bir narsa deyish qiyin. Ehtimol, «Shtutgart» kuyok turniriga doir asosiy raqamni «4»dan «5»ga aylantirar hali - 5ta bosqichi, 5 nafar murabbiy, 5ta g‘alaba va final...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:28, 15.04.2023.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.