Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

De Xea "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi

De Xea "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea bo‘lajak transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko‘ra, 32 yoshli darvozabon hozirda "Manchester Yunayted"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Uning maoshi haftasiga taxminan 420 ming yevro (yiliga deyarli 22 million yevro).

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” boshliqlari De Xeaga yangi shartnomaga ko‘ra haftasiga 226 ming yevro (yiliga 11,7 million yevro) ishlab olish sharti bilan mehnat shartnomasini uch yilga uzaytirishni taklif qilishgan. Ammo, qayd etilishicha, darvozabon bunday shartlar asosida shartnoma imzolashga tayyor emas.

De Xea "Manchester Yunayted"da 2011 yildan buyon to‘p suradi. Joriy mavsumda darvozabon 46 ta o‘yinda 50 ta gol o‘tkazib yubordi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Transfermarkt ispaniyalik futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:35, 16.04.2023.
O'qildi: 3173 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик