Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolda golsiz natija bo‘lmaydi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolda golsiz natija bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Superliga 6-turi doirasida mehmonda “Olimpik”ga imkoniyatni boy bergan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev mag‘lubiyat sabablari, Stanislavliyevich, professionallik va psixologiya haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yin boshida futbolchilar hayajonlanishdi shekilli, yana tezkor gol qo‘yib yubordik. Keyinchalik o‘yinga kirishib keta olmadik. Qayerdadir nimadir yaratishga, o‘yinni yaxshilashga intildik, ammo gol ura olmadik. Futbolda golsiz natija bo‘lmaydi. “Olimpik”ni esa bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

Aleksandr Stanisavliyevich jarohati bois ancha vaqt maydonga tusha olmadi. Endi endi maydonga tusha boshladi. O‘ylaymanki, bizga foydasi tegadi. Uning kuchli jihatlari ko‘p. Jamoaga qo‘shilib ketishiga biroz vaqt talab etiladi”.

“Men ham sehrgar emasman, hammasi ham menga bog‘liq emas. Futbolchilar ham o‘zlarini professional ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Klub bilan shartnomaga ega har qanday futbolchi klub va shahar obro‘si uchun borini berib o‘ynashi kerak.

So‘nggi ikki o‘yinda gol urishni uddalay olmayapmiz. Menimcha, bu futbolchilarning psixologiyasi bilan bog‘liq. Gol urishni qattiq istashayapti va qayerdadir xato qilishayapti. Meni quvontirayotgani bu – jamoa o‘yinida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayapti. O‘yinimizda surat ko‘rinish berayapti. Umid qilamanki, natijalar hali oldinda”, - dedi Baqoyev.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:53, 16.04.2023.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик