Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Qoniqarsiz natija, oilaviy sharoit va sog‘liq bilan muammo. Superliganing dastlabki 5 ta turida to‘rt murabbiy iste’foga chiqarildi

Qoniqarsiz natija, oilaviy sharoit va sog‘liq bilan muammo. Superliganing dastlabki 5 ta turida to‘rt murabbiy iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

“Turon” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov iste’foga chiqarildi. Ashurmatov O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsumida o‘z vazifasidan ozod etilgan to‘rtinchi murabbiyga aylandi. “Daryo” joriy mavsum lavozimini tark etgan murabbiylar haqida so‘z yuritadi.

Luisma Ernandes (“Metallurg”)

“Metallurg”ning ispaniyalik murabbiyi Luisma Ernandes Superliga 3-turidan keyin oilaviy sharoiti tufayli iste’foga chiqdi. Jamoa bungacha 1-turda “Neftchi”ga, 2-turda esa “Navbahor”ga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Toshkent viloyati klubi 3-turga kelib, musobaqadagi ilk g‘alabasini “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgandi.

Ernandesning o‘rnini chernogoriyalik murabbiy Vesko Steshevich egalladi. Yangi murabbiy qo‘l ostida jamoa 1 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi.

Hakim Fuzaylov (“Buxoro”)

O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsumini “Buxoro” murabbiyi sifatida boshlagan Hakim Fuzaylov 4-turdan so‘ng salomatligi tufayli o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Buxoroliklar Fuzaylov qo‘l ostida 1 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa “Turon” ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Qizilqum”, “Nasaf” va “Surxon”ga mag‘lub bo‘ldi. Ulug‘bek Baqoyev “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Hakim Fuzaylov esa klubda maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

Yorqin Nazarov (“So‘g‘diyona”)

“So‘g‘diyona” murabbiyi Yorqin Nazarov ham Superliga 4-turidan keyin iste’foga chiqdi. Bungacha jizzaxliklar 1 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etib, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgandi. Jamoa “Olimpik” bilan durang o‘ynadi, “Bunyodkor”, “Neftchi” va “Navbahor”ga mag‘lub bo‘ldi. Klubda Yorqin Nazarovning o‘rnini Ivan Boshkovich egalladi.

Baxtiyor Ashurmatov (“Turon”)

“Turon” jamoasi murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan oldin iste’foga chiqarildi. Yaypan klubi musobaqada 3 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etib, turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. “Turon” Ashurmatov qo‘l ostida “Buxoro”, “Nasaf” va “Olimpik”ka mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, “Bunyodkor” va “Surxon” bilan durang o‘ynadi. “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda Yaypan klubini jamoada ishlab kelgan murabbiylar Mirjalol Jo‘rayev va Azizxon Isomiddinovlar boshlab tushadi.

Chempionatning endigina 5 turi ortda qoldi va hozirga qadar 4 nafar mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Ma’lumot uchun, butun boshli 2022 yilgi mavsum davomida 11 nafar murabbiy o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:23, 17.04.2023.
O'qildi: 2051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик