Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

London klubi o‘z darvozaboni bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

London klubi o‘z darvozaboni bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

"Vest Xem"ning keksa darvozaboni Lukash Fabyanski "bolg‘achilar" bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining shartnomasini bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirishni muhokama qilish niyatida. Polshalik posboning klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga tajribali darvozabon 38 yoshga to‘ladi. U faoliyatining so‘nggi besh yilida "Vest Xem"da o‘ynaydi. Joriy mavsumda u Premyer-ligada o‘z klubi uchun 28 o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi.

"Bolg‘achilar"dan tashqari, Fabyanski "Suonsi" va Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni bo‘lgan. Futbolchi 2007 yildan beri Premyer-ligada o‘ynab kelmoqda.

 

Kiritildi: 00:01, 18.04.2023.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик