Katta odamlar uchun katta kun.
Bugun "Manchester Siti" Myunxenda uch to‘p farqi bilan yuzaga kelgan katta ustunlikni qo‘ldan boy bermaslikka va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishga harakat qiladi.
"Bavariya" bilan o‘yinda Erling Xoland va Pep Gvardiola bir qancha rekordlarni yangilashi kutilmoqda. Keling, ularni ko‘rib chiqamiz.
Xoland va uning keyingi yutuqlari
"Bavariya" darvozasiga "Etihad"da urilgan gol norvegiyalik uchun joriy mavsumdagi barcha musobaqalardagi 45-gol (39 ta o‘yinda!) bo‘ldi. Bu Angliya Premyer-ligasida harakat qiladigan o‘yinchi ko‘rsatgan eng yaxshi natijadir.
Norvegiyalik forvard bugungi kunga qadar 47 ta gol urgan (dam olish kunlarida u "Lester" darvozasiga dubl qayd etdi).
Xoland kimlarning natijasidan o‘zib ketganini quyidagi ro‘yxatdan bilib olishingiz mumkin:
Muhammad Saloh (44 ta gol 52 uchrashuvda);
Rud van Nistelroy (44 gol 53 uchrashuvda);
Krishtianu Ronaldu (49 gol 42).
Shuningdek, u Chempionlar Ligasidagi 7 ta o‘yinda 11 ta gol urgan va bundan yaxshiroq natija yo‘q. Qizig‘i shundaki, Erlingga buncha gol urish uchun bor-yo‘g‘i 493 daqiqa kerak bo‘ldi. Xoland yevrokuboklarda ham, chempionatda ham yangi rekordlarni o‘rnatish arafasida.
- YECHLda yana bitta gol urish orqali Xoland van Nistelroyning rekordini takrorlashi mumkin. Niderlandiyalik hujumchi APL klubi safida CHLning bir mavsumida 12 ta to‘p kiritgan va bu chempionat uchun rekord hisoblanadi.
- Chempionlar ligasida bir mavsumda gol urish bo‘yicha umumiy rekord Ronalduga tegishli (17). Xolandda hozircha 11 ta.
- Turnirning yana bir rekordi pley-offda urilgan gollardir. Hozirda Ronaldu va Benzema 10 ta gol bilan birinchi o‘rinda, Xolandda esa 6 ta gol bor.
- “Lester”ga qarshi o‘yinda Xoland Premyer-liga mavsumida 32 ta gol urgan Saloh bilan tenglashdi (38 o‘yin). Faqat norvegiyalik ayni vaqtgacha 28 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi xolos.
Gvardiola Chempionlar Ligasida 100 ta g‘alaba qozongan eng tez murabbiymi?
Fergyuson Chempionlar ligasida 184 o‘yin o‘tkazganida 100 g‘alabaga erishgan, Anchelotti esa 180 o‘yindan keyin. Agar Gvardiola bugun tunda g‘alaba qozonsa, u Chempionlar ligasidagi eng tez 100 ta g‘alabaga erishgan murabbiyga aylanadi, chunki ispaniyalik uchun "Bavariya"ga qarshi o‘yin 158-uchrashuv hisoblanadi.
Murabbiy | O‘yinlar | G‘alabalar | G‘alaba foizi |
Aleks Fergyuson | 194 | 105 | 54 |
Arsen Venger | 188 | 88 | 47 |
Karlo Anchelotti | 188 | 107 | 56 |
Xosep Gvardiola | 157 | 99 | 63 |
Joze Mourinyu | 151 | 80 | 53 |
"Siti" uchun uchinchi yarim final, Gvardiola uchun rekord
Kecha Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" yarim finalga chiqdi. Italiyalik mutaxassis faoliyati davomida to‘qqizinchi marta 1/2 finalga chiqib, Pepning yutug‘ini takrorladi. Bugun Gvardiola 10-marta Yevropaning asosiy turnirida yarim finalga chiqishi mumkin – hech bir murabbiy hozirgacha bunga erisha olmagan.
"Siti"da "Real"dan uchralgan o‘tgan yilgi mag‘lubiyat alamini olish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin. Ko‘ramiz, Gvardiola shogirdlari "Bavariya" to‘sig‘idan o‘ta olarmikin.