Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Murabbiylik faoliyatini boshlash uchun ta’lim olayotgan futbolchilar. Ular allaqachon UYEFA lisenziyasiga ega

Murabbiylik faoliyatini boshlash uchun ta’lim olayotgan futbolchilar. Ular allaqachon UYEFA lisenziyasiga ega

Baho:
+ | -

"Arsenal", "MYU", "Manchester Siti" va "Chelsi"ning hozirgi futbolchilari ichida hali faoliyatini yakunlamay turib, murabbiylik sertifikatiga o‘qiyotganlar bor. O‘tmishda ham shunday bo‘lgan. Butun faoliyatini futbolga bag‘ishlab, bir kun kelib, butsalarini devorga ilganida ham, ko‘ngli futbolda qoladigan futbolchilar, murabbiylikka intilishadi. Quyida ana shunday shaxslar keltirib o‘tiladi.

Granit Jaka

"Arsenal"ni biladiganlar sezganki, Jaka murabbiylikka qiziqadi. Futbolchining o‘zi bu haqida shunday deydi: "Siz maydonni boshqacha ko‘ra boshlaysiz. Agarda futbolchi bo‘la turib, murabbiylik kurslarida o‘qiy boshlasangiz, bu narsa sizda ikkita narsani o‘zgartiradi. Birinchisi, bu siz hamma narsaga murabbiy ko‘zi bilan ham qaray boshlaysiz. Ikkinchisi esa maydonga tushganingizda, ham murabbiy, ham o‘yinchi spektridan vaziyatlarni ko‘rasiz".
Jakaga o‘zi kabi yosh bo‘lgan Mikel Arteta qo‘l-ostida harakat qilayotgani ish bermoqda. U UYEFAning B sertifikatiga ega.

Oleksandr Zinchenko

Aslini olganda, Jaka "Arsenal"dagi yagona murabbiylikka intilayotgan vakil emas. Sedrik, Elneni va Xolding ham o‘tgan yili B lisenziyasiga ega bo‘lgan. Zinchenko ham 26 yoshda murabbiylikka qiziqa boshladi. Ukraina terma jamoasi a’zosi B kategoriyali diplom olishga erishgani aytiladi. Zinchenkoning bu ishi unga Ukrainadagi quyi ligalarda ishlash imkonini beradi.

Xuan Mata

Mata murabbiylik kurslariga "Manchester Yunayted"da o‘ynab yurgan paytlarida bora boshlagan. Bu haqida uning o‘zi shunday degandi: "Men murabbiylikni o‘rgana boshladim. Bo‘sh vaqtimni behuda sarflagim kelmayapti. Har bir 30 dan oshgan futbolchi uchun keyin nima qilishni o‘ylab ko‘rish muhimdir. Albatta, imkonim yetgancha, maydonda futbolchi bo‘lib qolaman. Ammo doimo ham shunday bo‘lmaydi".

Tiagu Silva

38 yoshida ham yuqori darajadagi futbol ko‘rsata olayotgan futbolchi, "Chelsi"ga kelganidan beri murabbiylikka o‘qimoqda. Silvaning bu boradagi qobiliyati haqida Braziliya terma jamoasining sobiq ustozi Tite shunday degandi: "Undan yaxshi murabbiy chiqadi. Silva muammolarni osonlik bilan hal qila oladi. Uning kerakli paytda to‘g‘ri qaror qabul qilishi, meni hayron qoldirgan".

Gael Klishi

Klishi hali ham futbolchilik faoliyatini tugatgani yo‘q. Sobiq "Arsenal" va "Manchester Siti" futbolchisi Shveysariyada harakat qiladi. Bir necha yillardan beri u murabbiylikka o‘qimoqda. Futbolchining o‘zi murabbiylik bilan shug‘ullanish borasida shunday degandi: "Men buni xohladim. Negaki, 20 yildan beri futbolda yurib, keyin boshqa sohaga o‘tib ketish juda qiyin. Boz ustiga, men ishimni sevaman. Kelajakda Venger va Gvardioladan o‘rgangan narsalarimni amalda qo‘llamoqchiman". Klishida UYEFA A lisenziyasi bor.

Enzli Meytlend-Naylz

25 yosh bo‘lishiga qaramay, ingliz futbolchisi murabbiylik kurslarini o‘tayotgani haqida ma’lum bo‘ldi. "Sautgempton" himoyachisi shunday deydi: "Sport uchun nimadir qilishim kerak edi. Shu sabab murabbiylikka o‘qiy boshladim. Hozirdan kelajakda murabbiy bo‘laman deya olmayman. Ammo futbol haqidagi bilimlar aql uchun ozuqa bo‘ladi. O‘yinchilarni aqliy tayyorgarligi hammasidan muhim va menga aynan shu kabi narsalar o‘rgatiladi".

 

 

ISMATOV J

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:05, 20.04.2023.
O'qildi: 2942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.