Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

"MYU" ayrilishi mumkin bo‘lgan to‘rt futbolchi: ular tekinga ketmoqda

"MYU" ayrilishi mumkin bo‘lgan to‘rt futbolchi: ular tekinga ketmoqda

Baho:
+ | -

Erik ten Xag yozda jamoada qayta qurishni amalga oshiradi. Klub ayrim futbolchilarining shartnomasi tugayotgani sababli, ular bilan mavsum oxirida xayrlashishi kutilmoqda. "Manchester Yunayted" APLda mavsumni o‘ta yomon boshlagan edi. Ten Xag esa jamoani o‘zgartirib, to‘g‘ri yo‘lga soldi. Niderlandiyalik mutaxassis futbolchilar uchun ichkarida yangi standartlar o‘rnatdi. Ayni damda klub yozgi katta xaridlar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun biz jamoa tarkibiga yana bir bor nazar tashlaymiz. U yerda yangi shartnoma tuzilmaydigan bo‘lsa, klubdan erkin agent sifatida ketadigan futbolchilar mavjud.

David De Xea

Klubda De Xeaning shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Ammo hozirga qadar "MYU" bu opsiyadan foydalangani yo‘q. Ten Xag yangi maosh olish tizimini o‘rantishga tayyorgarik ko‘rmoqda. Shu sabab De Xea qolgani bilan, hozirgidek, haftasiga 375 ming funt olmasligi mumkin. Ha, rahbariyat agar xohlasa galkiper bilan bu borada muzokara boshlay oladi. Ammo maosh hajmi keskin kamaytiriladi. Ispaniyalik futbolchi shartnomasi haqida savol berilganida, shunday degan edi: "Men hech narsadan tashvish olayotganim yo‘q. Butun e’tiborimni mashg‘ulotlar va maydondagi o‘yinimga qaratganman. Aminmanki, hammasi ijobiy yakun topadi. Umid qilamanki, qolgan davrimni ham shu yerda o‘tkazaman. Bu mening klubim va bu yerda ekanimdan baxtiyorman".

Aksel Tuanzebe

25 yoshli himoyachi oxirgi marta "MYU" libosida 2021 yilgi Yevropa ligasi finalida harakat qilgandi. Tuanzebe o‘tgan mavsumning yarmini "Napoli" safida o‘tkazadi. Ammo u yerda futbolchiga faqat ikki marta maydonga tushish imkoni berilgan xolos. Tuanzebe joriy mavsumni "Stok Siti" safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Ammo uning jarohati futbolchining maydonga tushish imkoniyatini pasaytirib yubordi. "Manchester Yunayted" uni yozda tekinga qo‘yib yuborishga tayyor.

Fil Jons

Jons o‘z vaqtida "qizil iblislar" sharafini 200 dan ortiq o‘yinda himoya qilgan. Ammo so‘nggi bir necha yilda futbolchi faqat zaxirada o‘z vaqtini o‘tkazmoqda. Himoyachi 2 yillik tanaffusdan keyin 2022 yilning yanvarida "Vulverxempton"ga qarshi maydonga tushirilgan edi. Jamoaga Erik ten Xag kelganidan keyin Fil Jons 25 ta futbolchidan iborat tarkibdan chiqarib tashlanadi. Uning "Old Trafford"dagi 12 yillik faoliyati ko‘p ehtimol bu yozda yakun topadi.

Tom Xiton

Sobiq Angliya terma jamoasi a’zosi 2021 yilning yozida De Xea va Din Xendersonga o‘rinbosar sifatida olib kelinadi. Darvozabon "MYU" kelganidan beri faqat ikki uchrashuvda foydalanildi. Shulardan biri "Charlton"ga qarshi kubok bahsi edi. Xiton yozda erkin agentga aylanadi. Ammo klubda uni yana bir yil jamoada olib qolish huquqi ham bor. Tom o‘sha, "Charlton" bilan quruq o‘yindan keyin shunday degandi: "Bu jamoada imkoniyat berilishi juda ham murakkab masala. Avvalgi turda maydonga tusha olmaganim meni xafa qilgandi. Negaki, menda jarohat bor edi. Bu safar menga ishonch bildirildi va men bundan juda ham xursandman. Umid qilamanki, hali jamoaga ko‘p foydam tegadi".

Mana shu ro‘yxatdagi futbolchilar tez orada jamoadan ketadi. Ammo "MYU" rahbariyati ularni olib qolish imkoniga ham ega.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:08, 21.04.2023.
O'qildi: 4606 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.