Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Elita havosini sog‘ingan klublardan qanday intrigalar kutamiz?

Elita havosini sog‘ingan klublardan qanday intrigalar kutamiz?

Baho:
+ | -

Taxminan bir yarim oydan keyin Yevropaning barcha beshta top ligasida mavsum yakunlanadi. Ikkinchi diviziondan qaysi jamoalar oliy ligaga chiqishini allaqachon aniqlab olishingiz mumkin.

Angliya, Chempionship

Turnirda ikki davrali tizimda o‘ynaydigan 24 ta klub ishtirok etadi. Ikkita kuchli jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Premyer-ligaga yo‘l oladi va uchinchi yo‘llanma taqdiri pley-offda hal bo‘ladi. Unda mavsumni uchinchidan oltinchigacha yakunlagan klublar ishtirok etadi. Hozircha birinchi oltita klub quyidagicha ko‘rinish olgan:

«Byornli» — 92 ochko (42 o‘yin);
«Sheffild Yunayted» — 82 ochko (42 o‘yin);
«Luton Taun» — 75 ochko (43 o‘yin);
«Midlsbro» — 74 ochko (43 o‘yin);
«Milluoll» — 65 ochko (43 o‘yin);
«Blekbern» — 64 ochko (42 o‘yin).

«Byornli» allaqachon yuqori o‘rinni egallagan. Vensan Kompani jamoasi eng kam mag‘lubiyatga uchragan (ikkita) va eng ko‘p gol urgan (80ta). Yaqin kelajakda «Sheffild» elitaga qaytishini e’lon qiladi. Buning uchun endi yettinchi pog‘onani egallab turgan «Vest Bromvich»ni mag‘lub etishi kifoya. «Byornli» 2022 yildan beri, «Sheffild» 2021 yildan beri APLda o‘ynamaydi.
«Luton Taun» albatta pley-offda o‘ynaydi, juda tez orada Maykl Kerrik boshchiligidagi «Midlsbro» bu huquqni qo‘lga kiritadi. Bu yerda yuqori zichlik vujudga kelgan - beshinchi jamoa 11-dan atigi uch ochko bilan ajralib turibdi. 

Ispaniya, Segunda

Ispaniya ikkinchi divizionida 22 ta jamoa bor. Eng yaxshi ikki o‘rin to‘g‘ridan-to‘g‘ri elit divizionga yo‘l oladi, keyingi to‘rttasi esa pley-offning so‘nggi yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi. Turnir tugashiga olti tur qoldi va beshta klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘tarilish uchun kurash olib boradi.

«Eybar» - 65 ochko (36 ta o‘yin);
«Granada» - 64 ochko (36 o‘yin);
«Las-Palmas» – 62 ochko (36 ta o‘yin);
«Alaves» - 62 ochko (36 ta o‘yin);
«Levante» - 61 ochko (36 o‘yin);
«Albasete» - 55 ochko (36 o‘yin).

«Eybar» darvozasini Zinedin Zidanning o‘g‘li - Luka himoya qilmoqda. «Granada»ni «Real» va «Napoli»ning sobiq futbolchisi Xose Kalyexon boshqaradi. «Levante» jamoasi tarkibida mushak jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o‘tkazib yuborgan jahon chempioni Shkodran Mustafi bor. U yerda «Valensiya» va «Tottenxem»ning sobiq hujumchisi Roberto Soldado ham to‘p tepadi.

«Las-Palmas»da mavsum oxirida juda qiyin taqvim yuzaga kelgan. Uni quyidagi raqiblar: «Levante», «Eybar» va «Alaves» kutmoqda. So‘nggi turda «Las-Palmas» yettinchi o‘rinda borayotgan «Kartagena» bilan o‘ynaydi. «Alaves»ning taqvimi ham qiyin - uni «Levante», «Granada», «Albasete» va «Las-Palmas» bilan o‘yinlar kutmoqda.

Germaniya, Ikkinchi Bundesliga

Turnirda 18 ta jamoa ishtirok etadi. Ikkita kuchli klub elit divizionga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, uchinchisi esa Birinchi Bundesliganing 16-jamoasi bilan pley-off o‘yinlarini o‘tkazadi. Oldinda olti tur qolganda uchta klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘tarilish uchun kurashmoqda. Muayyan ssenariyda yana uchta jamoa kurashga qo‘shilishi mumkin, ammo hozircha bunga ishonish qiyin.

«Darmshtadt» — 58 ochko (28 o‘yin);
«Xaydenxaym» — 54 ochko (28 o‘yin);
«Gamburg» — 53 ochko (28 o‘yin);
«Fortuna» — 47 ochko (28 o‘yin);
«Sankt-Pauli» — 47 ochko (28 o‘yin);
«Paderborn» — 46 ochko (28 o‘yin)

«Gamburg» Ikkinchi Bundesligada beshinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Avvalgi yillarda Germaniya shimolidan kelgan jamoaga ochig‘i, omad kulib boqmagandi. U uch marta mavsumni to‘rtinchi qatorda yakunladi va bir yil oldin «Gerta»ga (1:0, 0:2) yutqazdi. 

Italiya B seriyasi

Italiya ikkinchi divizionida 20 ta jamoa bor. Ikkita kuchli klub elit divizionga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi, keyingi olti jamoa esa uchinchi yo‘llanma uchun kurashadi. Jadvaldan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, «Frozinone» va «Jenoa» yaqin vaqt ichida A Seriyaga qaytishadi.

«Frozinone» — 67 ochko (33 o‘yin);
«Djenoa» — 63 ochko (33 o‘yin);
«Bari» — 57 ochko (33 o‘yin);
«Zyuydtirol» — 52 ochko (33 o‘yin);
«Kalyari» — 48 ochko (33 o‘yin);
«Parma» — 48 ochko (33 o‘yin);
«Piza» — 46 ochko (33 o‘yin);
«Redjina» — 46 ochko (33 o‘yin)

«Frozinone» 2019 yildan beri A Seriyada o‘ynamaydi va hozirda jahon chempioni Fabio Grosso tomonidan boshqariladi. Peshqadam uchinchi o‘rindan 10 ochkolik farq bilan oldinda. Biroq «Frozinone» so‘nggi paytlarda yaxshi o‘ynamayapti – beshta uchrashuvda bitta g‘alaba qozongan. «Jenoa»da ham A Seriyaga qaytish uchun yaxshi imkoniyat bor. Jahon chempioni Alberto Jilardino jamoasi ikki yarim oydan beri mag‘lubiyatga uchramadi. Uning tarkibiga A Seriya tajribasiga ega bo‘lgan bir nechta futbolchilar kiradi: Domeniko Krishito, Milan Badel, Kevin Strotman va Stefano Sturaro.

«Kalyari» - yuqoriga ko‘tarilish uchun yana bir qiziq da’vogar bo‘lib turibdi. 2023 yil boshidan tajribali Klaudio Ranyeri ushbu jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi. 71 yoshli murabbiy qo‘l ostida «Kalyari» 14 ta o‘yin o‘tkazib, bor-yo‘g‘i bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Jamoaning eng yaxshi to‘purari Janluka Lapadula bir vaqtlar «Milan»da o‘ynagan. Hozircha «Parma»da 45 yoshli darvozabon Janluiji Buffon to‘p tepmoqda va jamoa pley-off zonasida turibdi.

Fransiya, Liga 2

2022/2023 yilgi mavsumda Fransiyaning ikkinchi divizionida 20 ta jamoa ishtirok etdi. Biroq, faqat ikkita klub yuqoriga ko‘tariladi. Sababi, yangi mavsumda Liga 1da 20 ta emas, 18 ta klub ishtirok etadi. Eng yomon to‘rtta jamoa elit divizionni tark etadi va ularning o‘rniga Liga 2ning ikkita jamoasi keladi.Turnir tugashiga yetti tur qoldi va birinchi qatorni «Gavr» egallab turibdi.

«Gavr» — 64 ochko (31 o‘yin);
«Bordo» — 56 ochko (31 o‘yin);
«Mets» — 55 ochko (31 o‘yin);
«Sosho» — 52 ochko (31 o‘yin);
«Bastiya» — 51 ochko (31 o‘yin);
«Kan» — 49 ochko (31 o‘yin).

«Gavr» 2009 yildan beri elit divizionda ishtirok etmaydi. O‘shandan beri jamoa muntazam ravishda Liga 2 da o‘ynadi, lekin hech qachon to‘rtinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilmagan (2015/2016 va 2017/2018). «Gavr» oxirgi marta Liga 1 da o‘ynaganida «Bordo» Fransiya chempioniga aylangandi. Shundan so‘ng klub kuchli uchlikka ham kira olmadi va o‘tgan mavsum elita divizionini tark etdi. Hozir jamoa qaytish uchun hamma narsani qilmoqda, biroq uning bir nechta jiddiy raqiblari bor.

Kiritildi: 19:20, 22.04.2023.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.