Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Xavi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda 15 yoshli futbolchini maydonga tushirishi mumkinligini tasdiqladi

Xavi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda 15 yoshli futbolchini maydonga tushirishi mumkinligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Xavi "Atletiko"ga qarshi o‘yinning qaydnomasiga 15 yoshli hujumchisi Lamin Yamalni kiritdi.

Agar Yamal maydonga tushsa, u La Ligada "Barselona"da o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylanadi.

"Chaqirilgan har bir kishi o‘ynash imkoniyatiga ega. Yamal bizga yordam bera oladi, uning iqtidori bor, u yosh va kuchli. Futbolchi sifatida esa Lamin davrni belgilashi, klub uchun muhim futbolchiga aylanishi mumkin.

U qo‘rqmaydi, biz uni qaydnomaga kiritdik, u bilan gaplashdim, u o‘yinga tayyor. O‘ylaymanki, u bizga yordam bera oladi", - dedi Xavi.

"Barselona" bosh murabbiyi, shuningdek, Yamalning shartnoma muddati tugashi va klub uni uzaytirishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgani uchun chaqirilganini ham rad etdi.

"Biz hozirgi kunga e’tibor qaratamiz. U juda yaxshi o‘ynadi. Menga ko‘rganlarim yoqdi, shuning uchun uni chaqirdik.

Uning shartnomasi tugashining bu chaqiruvga hech qanday aloqasi yo‘q. U yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdi, juda ko‘p iqtidorga ega va yoshiga qaramay asosiy tarkibda o‘ynay oladi", - deya qo‘shimcha qildi Xavi.

Kiritildi: 20:09, 22.04.2023.
O'qildi: 4870 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик