“Real” hujumchisi Marko Asensio shartnomani uzaytirish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men "Real Madrid"ni yaxshi ko‘raman. Men juda og‘ir kunlarni boshdan kechirdim, madridliklar meni qo‘llab-quvvatlashadi, ular o‘zimni qanday his qilayotganimni va bu klubni qanchalik sevishimni tushunishadi", - deya Asensio so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabrisio Romano.
27 yoshli ispaniyalikning amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Asensio joriy mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.