Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Xavi: «Atletiko»da golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo «Barselona» maydonda hukmronlik qildi»

Xavi: «Atletiko»da golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo «Barselona» maydonda hukmronlik qildi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Joriy mavsumda sovrin yutish yo‘lida muhim g‘alaba bo‘ldi. Biz ajoyib jamoani mag‘lub etdik. Raqib jamoada ham golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo iz maydonda hukmronlik qildik va ikkinchi golni urish uchun imkoniyatlarga bo‘ldik. Ikkinchisini ursak, xotirjam bo‘lardik. Ammo chempionatda bunday holatlar uchrab turibdi. Bugun biz kuchli edik.

Rafinya va Ferranning himoyadagi harakatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, ular jamoaga yaxshi yordam berishdi. Ularning jonbozligi juda muhim. Ular to‘pni jamoamizga qaytarib, tezkorlik bilan oldinga o‘tishdi.

Juda yaxshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ikkinchisiga nisbatan kamroq vaziyat yaratdik. Umuman olganda esa ajoyib o‘yin namoyish etdik. O‘yindan qoniqish hosil qildim.

Ter Shtegen – jahonning eng yaxshi uch darvozabonlaridan biri. Uning sa’y-harakatlari tufayli biz shunday o‘yin namoyish etyapmiz. U aql bovar qilmas posbon. U bizga ko‘p kafolatlarni beradi. Shuningdek, himoyamiz ham juda yaxshi. Hamma gap jamoaviy mehnatda. Ammo ko‘p vaziyatlarda Mark muhim rolni o‘ynadi.

Odatda biz raqiblarga bunchalik ko‘p vaziyat yaratish uchun imkon bermaymiz, ammo yanvardan yeri yutqazmayotgan «Atletiko» qanday formada ekanini o‘zingiz ko‘rdingiz.

La ligada ahvolimiz juda yaxshi, ammo biz hali sovrin qo‘lga kiritmadik», – dedi Xavi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:51, 23.04.2023.
O'qildi: 1588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.