Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Chelsi" Maurisio Pochettino qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi? Yangi taktik sxema, super-tezkor hujum chizig‘i...

"Chelsi" Maurisio Pochettino qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi? Yangi taktik sxema, super-tezkor hujum chizig‘i...

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan "Chelsi"ni boshqarish uchun Pochettino nomi favoritga aylangan edi. Yuliyen Nagelsman vakansiyani rad etgach, argentinalik mutaxassis uchtalik ro‘yxatni boshqara boshladi. Pochettinodan tashqari "Byornli" ustozi Vensen Kompani hamda "Seltik" menejeri Angelos Postekoglu ham ehtimoliy ro‘yxatda keltirilgan. Shuningdek, "Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Luis Enrike variantini "Chelsi" rahbariyati esdan chiqargani yo‘q. Ammo hammasidan ham Pochettino, klub uchun ma’qul nom sifatida ko‘rinmoqda.

Agarda Pochettino "Chelsi"ga kelsa, u holda jamoa yana hujumkor uslubga qaytadi. Bu shuni anglatadiki, "aristokratlar" Antonio Konte davridan beri amalda bo‘lib kelgan 3-4-3 taktik sxemasidan voz kechishi kerak. Uning o‘rniga Pochettino asosan yoshlarga urg‘u beradigan 4-2-3-1 sxemasini tanlashi mumkin. Ushbu taktikada futbolchilar quyidagicha joylashadi.
Kepa Arrisabalaga darvozani qo‘riqlaydi. Himoya qanotlarida Ris Jeyms va Ben Chilvell harakat qiladi. Ular mos ravishda o‘ng va chap tomondan joy oladi. Hozirgi Tiagu Silva va Kalidu Kulibali juftligi markaziy himoyada yoshroq bo‘lgan Vesli Fofana va Benua Badiashilega joy bo‘shatib beradi. Shunday qilib, to‘rttalik himoya qo‘rg‘onida 25 yoshdan oshmagan futbolchilar joylashadi.

N'Golo Kante uzoq muddatlik jarohatdan keyin safga qaytgan edi. Undan Pochettino foydalanishi kutilmoqda. U markazda Enso Fernandes bilan juftlik hosil qilgan holda tayanch zonasini to‘ldiradi. Argentinalik mutaxassis o‘z yurtdoshi bilan birgalikda qanot hujumiga ham yoshlarni tanlaydi. Xususan, o‘ng qanotda Noni Madueke harakat qilsa, uning qarama-qarshi tomonida 88 million funtga xarid qilingan Mixail Mudrik paydo bo‘ladi. Yozda yana bir hujumkor va yosh futbolchi sotib olish reja qilingan. Agarda "Leypsig"dan Kristofer Nkunku transferi amalga oshirilsa, Pochettino darhol uni ham asosiy tarkibga kiritadi. Fransuz futbolchisi markaziy hujumchi ortidan joy oladi. Hujumda ayni damda "Chelsi" ixtiyorida ikkita variant mavjud.

"Chelsi" ixtiyoridagi ikkita markaziy hujumchida ham muammolar bor. Romelu Lukaku ortiq London klubida harakat qilishni istamasligini bildirgan bo‘lsa, Pyer-Emerik Obameyang o‘zidan kutilgan natijalarni bermadi. Shu sababli "Chelsi" yana hujumchi sotib olishga majbur. Pochettino uchun "Napoli"dan Viktor Osimxen olib kelinadi. Shuningdek, "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn ham variantlar ichida mavjud. Pochettino va Keyn uzoq yillar birga ishlagan edi. Agarda Keyn varianti qo‘llansa, sxema 4-3-3 ko‘rinishiga keladi. U holda Meyson Maunt Nkunku o‘rnida paydo bo‘ladi. Nkunkuning ӯzi qanotga, Madueke ӯrniga joylashadi. Shunday qilib, "Chelsi" mutlaqo yangi ko‘rinishga keladi. Faqat bu uchun vaqt talab etiladi. Pochettinoga esa imkon berish kerak xolos.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:49, 24.04.2023.
O'qildi: 6261 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.