Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Arsenal"ga nima bo‘ldi degan savolga javob

"Arsenal"ga nima bo‘ldi degan savolga javob

Baho:
+ | -

Vilyam Saliba joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasidagi eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lib kelayotgan edi. "Arsenal" esa o‘zi uchun muhim bo‘lgan figuradan ayrildi.
Fransuz futbolchisi 2019 yilda 27 million funtga sotib olingan edi. U o‘z imkoniyatini uzoq kutishiga to‘g‘ri keldi. Saliba keyingi uch mavsumni turli jamoalarda ijara asosida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Vaqt o‘tishi bilan Mikel Arteta sezdiki, Salibani qaytarish vaqti kelgan. Himoyachi "Marsel" safida o‘zini ko‘rsatganidan keyin, "Arsenal" 21 yoshli futbolchini qaytarib oladi. U to‘pchilar tarkibida Gabriel Magalyansh bilan ajoyib juftlik hosil qildi va mudofaa qo‘rg‘oniga aylandi.

"Arsenal" ustozi Salibaning jamoaga oson va tez qo‘shilib ketganini ko‘rib, qoyil qolgan edi. Mikel Arteta bu haqida shunday deydi: "Birinchi savol Salibaning uzoq vaqt ijarada yurganidan keyin, bizning tezkor o‘yinimizga qanday qilib, bu darajada tez moslashib ketgani haqida bo‘lsa kerak. Shuningdek, futbolchida ishonchsizlik bor edimi, men va uning o‘rtasida muammo bo‘lganmi, "Arsenal" 18 yosh futbolchi uchun katta pul sarflab yubormadimi degan savollar ham bo‘lishi tabiiy. U ijaraga ketayotgan paytda hamma savollar javobsiz edi. Ammo qaytgach, o‘ylaymanki, yuqoridagi savollarga hamma javob oldi. Saliba hozir biz uchun o‘ta muhim figura. Bundan ortiq narsa ayta olmayman".

Haqiqatdan ham 21 yoshli himoyachi "Arsenal" uchun almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylangandi. Afsuski, u "Sporting" bilan kechgan bahsda belidan jarohat oladi. Shu ko‘yi, 18 martdan beri londonliklar himoyasi zaiflashib qoldi. Insayder-jurnalist Devid Ornshteynning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Saliba "Arsenal"ning chorshanba kungi "Manchester Siti"ga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi. Fransiya terma jamoasi a’zosi katta ehtimol bilan "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda ham maydonga tusha olmaydi. U lazariyatga ketganidan beri, Rob Xolding himoyada foydalanilmoqda. Bir futbolchining yo‘qligi shunday sezildiki, oqibatda jamoa so‘nggi uchta liga o‘yinida durang qayd etdi. Arteta shogirdlari "Sautgempton" bilan bir ochkoga ega chiqa oldi. Ammo yo‘qotilgan umumiy ochkolar mavsum oxirida klub uchun qimmatga tushishi mumkin. Quyida Saliba bilan va Salibasiz "Arsenal"ning natijalari keltiriladi. Siz aniq farqni sezasiz. Bu esa jamoaning salbiy natijalariga javoblardan biri o‘laroq yangraydi.

Vilyam Saliba bilan "Arsenal":

O‘yinlar: 32 ta
G‘alabalar: 22 ta
Duranglar: 5 ta
Mag‘lubiyatlar: 5 ta
Gollar: 67 ta
O‘rtacha urilgan gollar: 2.09 ta
O‘tkazilgan gollar: 33 ta
O‘rtacha o‘tkazilgan gollar: 1.03 ta
APLdagi ochko to‘plash: 2.44
G‘alaba ko‘rsatkichi: 68.75 %
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 15.63 %

Vilyam Salibasiz "Arsenal":

O‘yinlar: 11 ta
G‘alabalar: 7 ta
Duranglar: 3 ta
Mag‘lubiyatlar: 1 ta
Gollar: 25 ta
O‘rtacha urilgan gollar: 2.27 ta
O‘tkazilgan gollar: 11 ta
O‘rtacha o‘tkazilgan gollar: 1.00
APLda ochko to‘plash": 1.80
G‘alaba ko‘rsatkichi: 63.63 %
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 9.09 %

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 23:55, 24.04.2023.
O'qildi: 4756 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.