Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

"Yo o‘lasan, yo qolasan" – "Arsenal" uchun so‘nggi imkon: "Manchester Siti" – "Arsenal" (prevyu)

"Yo o‘lasan, yo qolasan" – "Arsenal" uchun so‘nggi imkon: "Manchester Siti" – "Arsenal" (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining hal qiluvchi pallalari yaqinlashmoqda. Chempionlik masalasini katta ehtimol bilan belgilab beradigan o‘yini oldimizda kutib turibdi. Birinchi o‘rindagi "Arsenal" ikkinchi pog‘onadagi "Manchester Siti" maydoniga safar uyishtiradi. Ertangi o‘yin har ikki jamoa taqdiriga qattiq ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda. Agarda "Arsenal" g‘alabaga erishsa, Arteta jamoasi yetakchilikni sakkiz ochogacha yetkazadi. Ana unda, "shaharliklar" zahiradagi o‘yinlarida g‘alaba qozongani bilan, hammasi "Arsenal"ning qo‘lida bo‘ladi.
Bordiyu, "Manchester Siti" g‘alabaga qozonsa, Gvardiola jamoasida bu mavsumda trebl qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Durang natija "Arsenal" ziyoniga ishlaydi va bu London jamoasiing chempionlik yo‘lida qattiq tormozlanganini ko‘rsatadi. Bu bilan baribir "Manchester Siti" qulay imkoniyatini saqlab qoladi.

"Shaharliklar" fevral oyida "Arsenal" maydonidan g‘alaba bilan qaytgan edi. O‘shanda De Bryuyne, Grilish va Xolandning gollari mehmonlarga uch ochko taqdim etgan. "Arsenal" o‘sha o‘yin uchun qasos olishi lozim. Ammo bu oson bo‘lmaydi. Negaki, raqib juda kuchli va o‘z uyidagi so‘nggi 19 o‘yindan 17 tasini g‘alaba bilan tugatgan. Tarix "Arsenal"ning "Etihad"dagi omadsizliklariga ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Jumladan, Gvardiola davrida "Manchester Siti" to‘pchilarni olti marta, umumiy hisobda 17-3 bilan faqat mag‘lubiyatga uchratgan. "Arsenal" oxirgi marta manchesterliklar maydonida 2015 yilning yanvarida zafar quchgandi.
"Arsenal", shuningdek, so‘nggi 11 ta APL o‘yinida bo‘lajak raqibga imkoniyatni boy berib kelmoqda. Mikel Arteta o‘z davrida biror marta "Manchester Siti"ni mag‘lub eta olmadi. Bu jamoa ispan mutaxassisining APLdagi yagona mag‘lubiyatga uchrata olmagan klubidir.

Jamoalar sport formalari haqida

"Manchester Siti" o‘zining eng yuqori darajasida turibdi. Bu jamoa barcha musobaqalarning 12 ta o‘yinidan 11 tasini g‘alaba bilan tugatgan. Bittagina, "Bavariya" maydonidagi bahs, durang bilan yakunlangan. Gvardiola jamoasi oxirgi marta fevral oyida "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘lgandi. Amaldagi chempionlar oxirgi o‘yinida "Sheffild"ni mag‘lub etgan holda FA kubogi finaliga yo‘l olgandi.
"Arsenal" so‘nggi haftalarda muammolar girdobida qoldi. London klubi "Liverpul" va "Vest Xem" maydonida durang qayd etdi. Uyda esa 20 o‘rindagi "Sautgempton" bilan bahsda ham bir ochko to‘pladi xolos. Undan oldingi uchrashuvlar yirik g‘alabalar bilan yakunlangan edi.

Jarohatlanganlar haqida

"Arsenal" uchun muhim figura bo‘lgan Vilyam Saliba belidan jarohat olgan. U bahsni o‘tkazib yuboradi. Takexiro Tomiyasu va Muhammad Elnenilar uchun mavsum o‘z nihoyasiga yetgan. Granit Jaka shamollash bilan so‘nggi bahsda qatnashmagandi. U safga qaytishi kutilmoqda.
"Shaharliklar" himoyachisi Natan Akedan foydalana olmaydi. Niderlandiyalikda mushak bilan bog‘liq muammolar mavjud. De Bryuyne, Ruben Diash, Rodri va Jon Stounzlar uchrashuvga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Kimlar porlaydi?

Xoland allaqachon 32 talik APL rekordiga yetib olgandi. U kelayotgan o‘yinda bu hisobni oshirish payida bo‘ladi. De Bryuyne Xolandga assistenlik qilyapti. Belgiyalik "Arsenal" bilan so‘nggi 10 ta o‘yinda 6 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.
"Arsenal" tomonda hammaning ko‘zi Rob Xoldingga qaratiladi. U Xolandni zararsizlantira oladimi yoki yo‘q degan savolga javob topish kerak. Yanvardagi kubok bahsida ingliz himoyachisi bu ishni yaxshi bajargandi.
Bukayo Saka "shaharliklar" darvozasiga yo‘l topa olgan so‘nggi vakil bo‘lib turibdi. Ake yo‘q bo‘lgani sabab ingliz hujumchisi yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. U Teo Uolkottdan keyin ilk bor "Siti" darvozasini mehmonda ishg‘ol etgan futbolchiga aylanishi mumkin.

O‘yin haqida

Qayerda: Angliya, Manchester, Etihad Stadium
Start: mahalliy vaqt bilan 20:00, Toshkent vaqti bilan 23:59.
Translasiya: Setanta Sports (O‘zbekiston hududida)

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:25, 25.04.2023.
O'qildi: 5714 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.