Braziliyalik yarim himoyachi Lukas Moura Londonning "Tottenxem" klubini tark etadi, bu haqda Nikolo Skira ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
Ingliz klubi rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma qilmaslikka qaror qildi. Shu tariqa Moura joriy mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanadi. 30 yoshli janubiy amerikalik futbolchi 2018 yildan beri London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda Moura APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.
APLning 32-turidan keyin "shporlar" turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.













