"Bolonya" ustozi Tyago Motta "PSJ" rahbariyatining nishonida, ammo murabbiyning o‘zi murabbiylik pozisiyasini o‘zgartirishga shoshilmayapti.
Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Mottaning o‘zi "Bolonya"da qolish niyatida ekan, tez orada hozirgi jamoasi boshliqlari bilan uchrashadi. Biroq, Tyago "PSJ" tomonidan kuchli qiziqish tufayli ba’zi kafolatlar olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Motta 2019 yilda parijliklarning 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasini boshqargan. Yevropa vise-chempioni 2022 yildan beri "Bolonya"ni boshqarib kelmoqda va A Seriyaning joriy mavsumida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.