Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Jahon futbolidagi eng keksa o‘yinchi Kadzuyoshi Miura o‘zining 16-klubida debyut qildi

Jahon futbolidagi eng keksa o‘yinchi Kadzuyoshi Miura o‘zining 16-klubida debyut qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Yaponiyalik 56 yoshli futbolchi Kadzuyoshi Miura 2023 yilning fevral oyida ijara asosida Portugaliyaning ikkinchi divizion klubi “Oliveyrense”ga o‘tdi. Tomonlarning o‘zaro kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

“Oliveyrense” Kadzuyoshi Miura faoliyatidagi 16-klub hisoblanadi. Shuningdek, Portugaliya jamoasi futbolchining beshinchi xorijiy jamoasi bo‘ldi. Avvalroq u Braziliya, Xorvatiya, Italiya va Avstraliya klublarida o‘ynagan.

22 aprel, shanba kuni tajribali hujumchi Portugaliya ikkinchi divizionida debyut qildi. Miura “Oliveyrense” tarkibida “Akademiko Vizeu”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

Shu bilan Kadzuyoshi Portugaliya futbolida maydonga tushgan eng keksa futbolchi bo‘ldi. Yaponiyalik o‘yinchi 56 yosh-u 55 kunligida Portugaliyada debyut qildi.

2017 yilning fevral oyida Kadzuyoshi Miura 50 yoshga to‘lganida “Yokogama” safida “Matsumoto Yamagi”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi. Natijada Stenli Metyuzning rekordini yangilagan va professional futbolda faoliyat olib borayotgan eng keksa futbolchiga aylangan.

“Doim shunday yoki boshqa holatda futbol o‘yinlarida ishtirok etaman, deb o‘ylayman. Qancha ko‘p o‘ynashimni bilmayman. Balki ertaga faoliyatimni yakunlarman, balki keyingi 2–3 yilda. 18 yoshimda Braziliyada birinchi professional shartnomamni imzolaganimda, bu yoshga qadar o‘ynayman deb o‘ylamagandim. Men buni uddalay oldim, chunki har yili futbolga bor kuchimni berdim”, — degandi Miura 2021 yilda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:30, 26.04.2023.
O'qildi: 1805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик