Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Arsenal» uchun joriy mavsum omadli bo‘ldimi yoki omadsiz?

«Arsenal» uchun joriy mavsum omadli bo‘ldimi yoki omadsiz?

Baho:
+ | -

Muvaffaqiyatni his qilishda «tayming» juda muhim faktor.

Qarang, «Arsenal» ikki yildan buyon oldingi o‘z davri uchun eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda, ammo mavsum so‘nggidagi hissiyot salbiy. Jamoaga omadsiz maqomi berilib, mavsum bo‘yi «Arsenal» natijalariga yaqin kelmagan boshqa jamoalar muxlislari tomonidan kulgi ostiga olinishiyam turgan gap.

O‘tgan yili jamoa so‘nggi besh yilda ilk marotaba YECHL o‘rinlaridan biri uchun yaqin keldi. So‘nggi turlargacha to‘rtlikda yurdi ham. Avvalgi yillar o‘lchovida oldingi tashlangan qadam, muvaffaqiyatli deb baholanishi, umid berishi kerak.

Bu safar «Arsenal» hatto hozir ham 1-o‘rinda turibdi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi esa, Arsen Venger davridan beri ilk marotaba naqd. Lekin hissiyot teskari, jamoa og‘zidagi oshni oldirib qo‘ygan omadsizdek.

Shunchaki, «Arsenal»ning pasayishi mavsum boshida emas, oxiriga to‘g‘ri kelgani xolos sabab. Umumiy olganda, Arteta shogirdlari ajoyib mavsum o‘tkazishmoqda, ko‘p jabhalarda ligada yetakchi, agar o‘zaro o‘yinlarni (bu ham savol, agar qirolicha o‘lib qolmaganda va dastlabki o‘zaro o‘yin o‘z vaqtida, kuzda o‘tganida, «Arsenal» kuchli davr edi) inobatga olmasa, «Siti»dan yaxshiroq o‘ynadi ham. Manchesterliklar Holandni, «Arsenal» esa «Manchester Siti»dan Jezusni olgani ham farqni ko‘rsatib turibdi.

Gvardiola ham «Arsenal»dan bunday kurashni kutmaganki, bemalol hujumchisini sotgan. O‘z boshidan balandroq sakralgani aniq. Futbolchilarning APLda deyarli (ikkinchi) eng yosh tarkibga ekani, nihoyat jamoa o‘z o‘yin chizgisiga, mos murabbiyiga ega bo‘lgani, yozda yana kuchayishi mumkinligini inobatga olsak, bu mavsum eng katta qadam tashlangan davr bo‘ldi, deb bemalol aytish to‘g‘ri. Ha, chempionlik uchun bunchalik imkoniyat boshqa kelmasligi mumkin, ammo keyingi uzoq yillarda «Arsenal» ancha raqobatbardosh kuchga aylangani shubhasiz.

Aslida, o‘sha gap, bu mavsum uchun «Arsenal» muxlislarini tabriklash kerak, ammo yupatib o‘tirganim qiziq.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 10:02, 27.04.2023.
O'qildi: 1723 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.