Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Todd Boelining besh xatosi: amerikalik "Chelsi"dagi qaysi ishlarni qilmasligi kerak edi?

Todd Boelining besh xatosi: amerikalik "Chelsi"dagi qaysi ishlarni qilmasligi kerak edi?

Baho:
+ | -

Todd Boeli ich-ichidan "Chelsi"ni sotib olganidan afsuslanayotgan bo‘lishi mumkin. Ayni damda chorasiz qolgan milliarder, yaxshi darajaga ega jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Boeli muvaffaqiyatsizliklar uchun faqat o‘zini ayblashi lozim. Quyida uning "Chelsi"dagi ilk mavsumida yo‘l qo‘ygan eng yirik besh xatosini sanab o‘tamiz.

1. Tomas Tuxelni ise’foga chiqargani

Tuxel ishdan haydalganidan keyin klub bu haqida shunday bayonot bergandi: "Bu qaror bitta mag‘lubiyat yoki g‘alaba sababli qabul qilinmadi. Biz buni klub kelajagi uchun to‘g‘ri deb hisobladik".
Aslida murabbiyni ishdan olish, Boelining fikri edi va bu oxir-oqibat xato bo‘lib chiqdi. Boeli yoz davomida 270 millionga Tuxel istagan futbolchilarni olib berdi. Yakunda esa transferlar oynasi yopilishi bilan, uni ishdan oldi. Qaror haddan tashqari ma’nosiz va kulgili tuyuladi. Tuxel o‘rniga Potter noto‘g‘ri paytda olib kelindi. Natijada, murabbiyga ham, klubga ham jabr bo‘ldi.

2. Grem Potterni ishga olishi

Potter haqiqatdan ham "Chelsi"ni o‘nglash qudratiga ega edi. Ammo ishlar orqaga ketdi. Boeli o‘zining ilk mavsumida ikki murabbiyni ishdan olib, Abramovich davrini esga soldi. Xato qarorlar ortidan "Chelsi" muxlislari darg‘azab bo‘la boshladi. Potter paytidagi salbiy natijalar, Boeli va jamoa muxlislari o‘rtasidagi munosabatlarda katta jarlik hosil qilishi mumkin edi. Shu sababli amerikalik boy, oxir-oqibatda Potterni haydashga majbur bo‘ldi. Balki Boeli Potter uchun hamma narsani muhayyo qilmoqchi bo‘lgandir. Ammo yozning boshida qilinmagan ish, mavsum davomida o‘z bo‘yini ko‘rsatib turdi. Na o‘yinchilar, na murabbiy bundan foyda ko‘rdi.

3. Birorta sof hujumchi sotib olmagani

Ha, "Chelsi" Obameyang va Dantro Fofanani xarid qildi. Ammo keling, vaziyatga ochiq ko‘z bilan qaraylik. Boeli o‘zicha hujumchilar ko‘p deb o‘ylagan. Ammo jamoada birorta to‘pni darvozaga to‘g‘ri yo‘llaydigan vakil topilmadi. Masalan, "Chelsi" 122 millionni markaziy yarim himoyachi sotib olishga, 137 millionni markaziy himoyachi sotib olishga, yana 84, 204 va 21 millionlarni vinger va qanot himoyachilariga sarf qildi. Endi o‘tgan mavsumga e’tibor bering: "Chelsi"da 11 ta gol bilan Meyson Maunt to‘purar bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda markaziy hujumchi suv va havo kabi zaruriyatga aylanishi kerak edi. Ammo...

4. Frenk Lempardni qayta olib kelgani

Lempardni olib kelish umuman kerak bo‘lmagan qaror edi. Negaki, u jamoadan yomon natijalar bilan ketgan, qolaversa Pochettino bilan kelishuv vaqti yaqin bo‘lgan payt edi. Boeli bu qarori orqali o‘zini sharmanda qilish bilan birga, klub afsonasi bo‘lgan Lempardni ham muxlislar nafratiga duchor qilmoqda. Mana ahvol: Lempard keldi va 5 ta o‘yin o‘tkazdi. Beshtadan beshta mag‘lubiyat! Bundan ortig‘i bo‘lishi mumkin emas...

5. Meyson Mauntga hurmatsizlik qilgani

Bu yerdagi muammo Mauntning shartnomasidagi pulda emas. Boeli jamoa futbolchilarining uzoq muddatli shartnoma tuzishini istaydi. Maunt esa qisqaroq va yaxshi maoshga ega bitim xohladi. Aslida bu yerda ikki tomon ham haq. Ammo Boeli yana xato qildi. U jamoaning so‘nggi yillardagi eng yaxshi futbolchisiga, agarda gapga ko‘nmasa, yozda sotilib ketishini aytib, cho‘chitdi. Bu harakat Mauntning "Liverpul"ga bo‘lgan intilishini kuchaytirdi xolos. Normal rahbariyat futbolchilari bilan yangi bitim borasida bunday shartlashmaydi. Ammo "Chelsi"da bunday voqealar tamoman normal holga aylandi. Endi esa, oqibatga natijalar ko‘zgu bo‘lmoqda...

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:55, 27.04.2023.
O'qildi: 4544 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.