Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Arsenal"ning transfer rejalari haqida: kimlar keladi, kimlar ketadi?

"Arsenal"ning transfer rejalari haqida: kimlar keladi, kimlar ketadi?

Baho:
+ | -

"Arsenal" kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi aniq bo‘lganidan so‘ng yozda o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, "kanonirlar" "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yarim himoyachi Meyson Mauntga qiziqish bildirmoqda. "Arsenal" angliyalik futbolchini sotib olish borasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Shuningdek "Liverpul" ham Mauntni sotib olmoqchi.

"Arsenal"ning yozdagi asosiy maqsadi "Vest Xem" sardori Deklan Rays hisoblanadi. Londonliklar qishda qo‘lga kiritishga harakat qilgan "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo ehtimoliy maqsadlar ro‘yxatida qolmoqda. "Arsenal" shuningdek "Valyadolid"ning o‘ng qanot himoyachisi Ivan Fresnedaga ham qiziqish bildirmoqda.

"Arsenal"ning transfer faoliyati va klub byudjetiga yozda bir nechta o‘yinchilarning ketishi ta’sir qiladi. Xususan, “Nyukasl” va "Manchester Siti" Kiran Tirniga, Yevropaning ko‘plab klublari “Reyms”da ijara asosida to‘p surayotgan hujumchi Folarin Balogunga qiziqish bildirmoqda.

Nikolas Pepening yana "Arsenal"da o‘ynashi dargumon. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi, shuning uchun londonliklar uni katta summaga sotishlari qiyin bo‘ladi. Mavsum oxirida "Arsenal" Pablo Marini "Monsa"ga 6 million funtga sotadi, agar Italiya klubi A Seriyadan tushib ketmasa va himoyachi sotib olish uchun kerakli miqdordagi o‘yin o‘tkazsa.

Hozirda "Arsenal" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 33 o‘yinda 75 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rindagi "Manchester Siti"dan 2 ochko oldinda borib, peshqadamlik qilmoqda. Ammo "shaharliklar"ning hisobida yana 2 ta o‘yin zaxirada bor ("Vest Xem" va "Brayton"ga qarshi). 

Kiritildi: 11:14, 29.04.2023.
O'qildi: 3662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик