Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

"Inter" kimlar bilan xayrlashishi mumkin?

"Inter" kimlar bilan xayrlashishi mumkin?

Baho:
+ | -

“Inter” bu mavsum Chempionlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoa qiyin guruhdan chiqib, yarimfinalgacha yetib keldi. Bu bosqichda ularga hamshaharlari raqiblik qiladi. Finalga bir qadam qoldi. Ammo shunday natijalarga qaramay tarkib o‘z yetakchilaridan ayrilib qolishi mumkin. Quyida jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilarni keltiramiz.

Denzel Dyumfris (Niderlandiya, yarim himoyachi, 27 yosh)

Dyumfris "Inter"da endigina ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Italiya nashrlarining yozishicha, 2023 yilning yozida “Manchester Yunayted” va “Aston Villa” futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Milan Shkrinyar (Slovakiya, himoyachi, 28 yosh)

Shkrinyar 2017 yildan beri "Inter" safida to‘p tepadi. Uning klub bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va Milan jamoasi uni uzaytirmoqchi emas.

Nikolo Barella (Italiya, yarim himoyachi, 26 yosh)

Barella 2019 yilning yozida “Kalyari”dan “Inter”ga o‘tganidan beri yangi bosqichga ko‘tarildi. Milanliklar Nikolo bilan xayrlashish niyatida emas, lekin ayni paytda klubga pul kerak. Futbolchiga "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.

Stefan de Vrey (Niderlandiya, himoyachi, 31 yosh)

De Vrey 2018 yildan buyon "Inter"da o‘ynab kelmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, bu yozda Stefan erkin agent sifatida "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin.

Marselo Brozovich (Xorvatiya, yarim himoyachi, 30 yosh)

Brozovich 2016 yildan beri “qora-ko‘klar” sharafini himoya qilib kelmoqda, o‘tgan yili esa uning shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirilgandi. Biroq, bu yozdayoq futbolchi, Italiya matbuotiga ko‘ra, "Nyukasl"ga o‘tishi mumkin.

Romelu Lukaku (Belgiya, hujumchi, 29 yosh)

"Inter" o‘tgan yili "Chelsi"dan Lukakuni ijaraga olgandi. Ammo belgiyalik futbolchi jamoa umidlarini oqlay olmadi va 2023 yilning yozida London klubiga qaytishi kutilmoqda.

Xoakin Korrea (Argentina, hujumchi, 28 yosh)

Bu mavsumda Korrea asosan A Seriya o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushyapti. Mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik futbolchiga bir vaqtning o‘zida uchta Premyer-liga klubi qiziqish bildirmoqda: "Everton", "Aston Villa" va "Vest Xem".

Yuqorida nomi qayd etilgan futbolchilar jamoaning o‘zagi hisoblanishi inobatga olsak, ulardan bir nechtasi boshqa klublarga ketsa, bu yilgi natijalarni kelasi mavsumda qaytarish qiyin bo‘ladi.

Kiritildi: 11:26, 29.04.2023.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.