Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Manchester Yunayted"ning yangi mavsumdagi asosiy tarkibi Neymar va Keyn bilan qanday ko‘rinish oladi?

"Manchester Yunayted"ning yangi mavsumdagi asosiy tarkibi Neymar va Keyn bilan qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

"MYU" yozda bir qancha yirik xaridlarni amalga oshirishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Erik ten Xag hujum uchun jiddiy yurishlar qiladi. U yangi mavsum uchun "PSJ"dan Neymarni, "Tottenxem"dan esa Xarri Keynni xarid qilishi ehtimolga yaqin. Buning uchun katta pul kerak bo‘ladi, albatta. Klub yozda tarkibdan tashqari rahbariyatni ham o‘zgartiradi. Gleyzerlar jamoani tag-tugi bilan Shayx Yassim Hamad al-Tani egaligidagi kompaniyaga sotishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, arablarga yirik xaridlarni qilish muammo bo‘lmaydi. Shayx Yassim "qizil iblislar"ni avvalgi mavqeyiga qaytarish uchun o‘z pullarini ayamaydi.

Bu ishni qatarlik milliarder, Neymar xarididan boshlashi aytilgan. Braziliyalik hujumchi "PSJ"ni tark etishga yaqin turibdi. Bunga futbolchining jarohatga moyilligi, katta maoshi va klubning maqsadlari o‘zgarayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Bunday katta transfer arablar qaramog‘odagi "MYU"ni kuchsizlatirib qo‘ymaydi. Aksincha, mankunianliklar keyingi e’tiborini Xarri Keyn xaridiga qaratadi. Angliya terma jamoasi a’zosi hali ham "MYU" ro‘yxatidan muqim o‘ringa ega bo‘lib turibdi. Agarda mana shu ikki yuqori kalibri futbolchilar "Manchester Yunayted"ga tashrif buyursa, ten Xag ixtiyorida katta yulduzli tarkib yuzaga keladi.

Neymar jamoaning o‘ng qanot hujumidan joy olishi mumkin. Xarri Keynning markaziy hujumda bӯlishi, Markus Reshfordga o‘zi sevgan chap qanotda o‘ynash imkonini beradi.  Tuzilajak hujumkor 4-3-3 taktik sxemasida darvozani David De Xea egallaydi. Qanotlarga Diyegu Dalot va Lyuk Shou joylashtiriladi. Markaziy mudofaadan Rafael Varan va Lisandro Martines o‘rin egallaydi. Yarim himoyada Kazemiro-Eriksen-Fernandesh triosi harakat qiladi. Aytish mumkinki, o‘z davrining ilk transferlar oynasida shaxy Yassim katta xarajatdan qochmaydi. Shu sabab "Manchester Yunayted"da yanada ko‘proq xaridlar qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Qayd etilishicha, "MYU" darvozaga "Brentford" posboni David Rayyani, himoyaga esa "Bayer Leverkuzen"dan Jeremi Frimpongni sotib olishi ko‘zda tutilgan. Bunda Rayya De Xeani o‘rnini egallaydi. Ispaniyalik afsona yozda erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Frimpongga esa o‘ng qanotdagi Diyegu Dalot pozisiyasi taqdim etiladi. Portugaliyalik futbolchi hali klub bilan yangi shartnomaga erisha olmadi. Yangi rahbariyatning klubga in’om qiladigan eng katta sovg‘asi bu Jud Bellingem bo‘lgan bo‘lardi. "Borussiya Dortmund" futbolchisiga "qizil iblislar" uzoq davrlardan beri qiziqish bildirib kelayapti. 19 yoshli yarim himoyachi "MYU"da Kazemiro va Fernandesh bilan hamkorlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:20, 29.04.2023.
O'qildi: 4771 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик