Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Bunday maydonda yaratuvchi emas, himoyalanuvchi jamoaga osonroq». Vadim Abramov Xorazmdagi g‘alaba va Kojo Joel haqida

«Bunday maydonda yaratuvchi emas, himoyalanuvchi jamoaga osonroq». Vadim Abramov Xorazmdagi g‘alaba va Kojo Joel haqida

Baho:
+ | -

Pro liga 7-turi doirasidagi «Xorazm» - «Dinamo» (0:1) uchrashuvidan keyin dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Barcha guvohi bo‘ldi, o‘yin ikki jamoa uchun ham qiyin kechdi. So‘nggi daqiqalarda omad bizga kulib boqdi. Hujumchimiz chiroyli gol muallifiga aylandi. Kojo o‘yin davomida osonroq vaziyatdan gol kirita olmay, o‘yin oxirida qiyin vaziyatni golga aylantirdi. Qiyin bahsda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. «Xorazm» jamoasiga keyingi o‘yinlarda ham bizga qarshi maydonga tushgandek to‘p surishini tilab qolaman. Samarqanddan shuncha yo‘l bosib kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan jonkuyar muxlislarga rahmat deyman.

Superliga yo‘llanmasi uchun kurashadigan jamoalar guruhi hali alohida ajralib chiqmadi. Bizdan tashqari, «Lokomotiv» va «Qo‘qon-1912» ham da’vogarlar qatorida. Hozirgi vaziyatda hammasi tezda o‘zgarishi mumkin.

Kojo Joelning o‘yini haqida? U bor imkoniyatini ishga solishga intilmoqda. O‘z gollari bilan jamoaga yordam bermoqda. U shunday davom etishi kerak. Bugun jarima zarbasini tepishni o‘z bo‘yniga olib, qoyilmaqom ijro etdi. U o‘yin davomida ham ikkita yaxshi vaziyatni golga aylantirishi mumkin edi. Ammo maydonning holati yaxshi emasligi ikki jamoa o‘yinchilariga ham qiyinchilik tug‘dirdi.

Odatda, bunday maydonlarda yaratadigan, to‘pni nazorat qiladigan jamoa emas, himoyalanadigan jamoaga osonroq bo‘ladi.

Yevgeniy Nazarov va Erkin Boydullayev qachon safga qaytadi? Endi jamoamiz oldida katta tanaffus yuzaga keladi. Chunki navbatdagi turda dam olamiz. Shu bois, ular keyingi o‘yinimizda safda bo‘lishadi.

Ha, Xorazmga kelish men uchun yoqimli. Chunki futbolchilik faoliyatimdagi ilk klublardan biri «Narimonov» jamoasi edi. Muxlislar hali ham unutmay, bugun meni yaxshi kutib olganliklari men uchun yoqimli holat bo‘ldi. Xorazmlik muxlislardan ham minnatdorman. Jamoaga omad tilab qolaman, - deydi Vadim Karlenovich o‘yindan keyin.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 06:50, 30.04.2023.
O'qildi: 1997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.