Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

YECHL sari kurash avjida. Bugun «qizillar» va «shporlar» o‘zaro adovatni hal qilib olishi kerak

YECHL sari kurash avjida. Bugun «qizillar» va «shporlar» o‘zaro adovatni hal qilib olishi kerak

Baho:
+ | -

Bugun 20:30da APL 34-turining markaziy bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda «Liverpul» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qiladi. Uchrashuvoldi fikr-mulohazalar haqida quyida qisqacha to‘xtalamiz. 

«Liverpul»

«Qizillar»ning faqat chempionatdagi statistik ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsangiz, jamoa eng omadsiz ikkita davrni o‘tkazganiga guvoh bo‘lasiz – yanvardan fevralgacha va mart o‘rtalaridan aprelgacha. Shu bilan birga, Yurgen Klopp shogirdlari so‘nggi 5 turda ketma-ket ochko to‘plashmoqda - bu segmentda jamoa «Chelsi», «Arsenal» bilan durang o‘ynadi, «Lids», «Nottingem» va «Vest Xem»ni mag‘lub etdi.

Ko‘p jihatdan «Liverpul» kuchli beshlikka yaqin turibdi - «Tottenxem» bilan farq bor-yo‘g‘i 1 ochkoni tashkil etadi, mersisaydliklar hisobida esa 1 ta ko‘p o‘yin bor.

«Qizillar» yettinchi o‘rinda qolsa ham, yevrokuboklarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi, ammo halokatli mavsum taassurotlarini yumshatish uchun kuchli beshlikka tezroq qaytish kerak. «Liverpul»ga mavsum yakunida hamon kuchli beshlikdan joy olish imkonini beruvchi yana bir omil bor – jamoa yetakchilari jarohatlardan so‘ng safga qaytishdi. Asta-sekin vinger Luis Dias bazaga qaytadi - kolumbiyalik oktyabr oyidan beri maydonga tushmayapti. Tyago Alkantara fevral oyining boshidan aprel oyining birinchi yarmigacha mavsumni o‘tkazib yubordi - endi u Dias kabi zaxiradan maydonga tushadi. Qolaversa, Kloppning o‘zi ham «qizillar» odatdagi yaxlitligiga qaytishayotganini ta’kidladi - bu «Vest Xem» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin aytildi (2:1):

«Birinchi bo‘lim menga yoqdi, biz juda yaxshi o‘ynadik, o‘yinni nazorat qildik, keyin esa gol o‘tkazib yubordik. Ammo ular o‘ynashda davom etishdi, ikkinchi bo‘limda aql bovar qilmaydigan gol urishdi. Balki yigitlar oyoqqa turishayotgandir, menga o‘ynagan futbolimiz yoqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggi yillardagi eng yaxshi bo‘lim edi, ishonchli o‘ynadik. Bu mavsumda odamlar bizni tanimaydigan darajada o‘yinlarni o‘tkazdik, ammo bugun biz ishonch saqlanib qolganini ko‘rsatdik va bundan mamnunman».

Premyer-liganing so‘nggi turlarida «Liverpul» kamida 3 ta qiyin uchrashuv o‘tkazadi - o‘z maydonida «Fulxem», «Brentford» va «Aston Villa»ga qarshi.

«Liverpul»ning taxminiy tarkibi (4-3-3): Alisson - Robertson, van Deyk, Matip, Aleksandr-Arnold - Xenderson, Jons, Fabinyo - Jota, Gakpo, Saloh.

«Tottenxem»

«Shporlar» mavsumni omadli yakunlashi va hech kim ularni kuchli beshlikdan chiqarib yubormasligiga umidlar ancha ko‘p. Shu bilan birga, jamoaning Antonio Konte ketganidan keyingi natijalari londonliklarning o‘rni yevrokuboklar zonasidan chetda ekanligidan dalolat beradi. Oxirgi 5 uchrashuvda jamoa bitta g‘alaba qayd etdi, bu orada «Nyukasl»dan yirik mag‘lubiyat, «Everton» bilan durang sodir bo‘lgan.

32-turdagi muvaffaqiyatsizlikning bir qismini «Tottenxem»ning ikki markaziy himoyachi sxemasiga o‘tgani bilan izohlash mumkin - butun mavsum davomida «shporlar» yaxlit uchlik bilan o‘ynagan edi, o‘tkazib yuborilgan gollarda esa ko‘pincha nomuvofiqliklar kuzatildi. Perishich Porro va ​​Romero ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bahsdan keyin jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlagan Kristian Stellini iste’foga chiqarildi. Murabbiylar shtabi ham u bilan birga ketishdi. Mavsum oxirigacha Rayan Meyson jamoani boshqaradigan bo‘ldi.

Yangi mutaxassis tempni yaxshiroq boshladi - londonliklar «Manchester Yunayted» bilan uchrashdi va durang o‘ynadi. Shu bilan birga birinchi bo‘lim natijalariga ko‘ra «Tottenxem» o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Keyinchalik Porro hamda Sonning gollari mag‘lubiyatdan qochish imkonini berdi. Balki gap ko‘proq tanish bo‘lgan «3-4-2-1»ga qaytish haqidadir - axir, futbolchilar bir yildan ko‘proq vaqt davomida uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashdi.

Bunga parallel ravishda yangi murabbiy tanlash haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Yaqinda «Bavariya»ni tark etgan Yulian Nagelsmann ustuvor variant sifatida qaralmoqda. Nemis murabbiyi «Chelsi» vakillari bilan ham muzokaralar olib bordi, ammo ular tezda boshi berk ko‘chaga kirishdi. «Shporlar» so‘nggi turlarda «Pelas», «Villa», «Brentford» va «Lids» bilan to‘qnash keladi. «Sherlar» bilan o‘yin hal qiluvchi bo‘ladi - Unai Emeri shogirdlari xuddi «Liverpul» kabi «Tottenxem»ning orqasidan nafas olib, muttasil quvib kelmoqda.

«Tottenxem»ning taxminiy tarkibi (3-4-2-1): Lyoris - Dayer, Langle, Romero - Perishich, Hyoyberg, Skipp, Porro - Son, Kulusevski - Keyn.

«Liverpul» «Tottenxem»dan juda katta ustunlikka ega. So‘nggi 20 ta bahs davomida londonliklar «qizillar»ni faqat bir marta - 2017 yil oktyabr oyida 4:1 hisobida mag‘lub etgan xolos. O‘shanda Alderveyreld, OrYE, Uinkslar «shporlar» tarkibida o‘ynardi, Koutinyo, Starrij, Moreno va Minyole esa «Liverpul» sharafini himoya qilardi.

Mersisaydliklarning bu vaqtdagi eng yirik g‘alabasi 2014 yilning mart oyida o‘z uyida 4:0 hisobida qayd etilgandi. Gol mualliflari – Suares, Koutinyo, Xenderson, tomonidan kiritilgan bo‘lsa, bir marta avtogol bo‘lgan.

Kiritildi: 12:17, 30.04.2023.
O'qildi: 2581 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.