Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Bobur Zuhriddinov: «Men jurnalistlarni yaxshi ko‘raman»

Bobur Zuhriddinov: «Men jurnalistlarni yaxshi ko‘raman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Qo‘qon-1912" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— Avvalambor, "Mash’al" jamoasi muxlislarini qiyin g‘alaba bilan tabriklayman. Murabbiylar shtabi nomidan yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bu haqida kiyinish xonasida ham aytdik, biz bugun g‘alabaga 99,9 foiz g‘alabaga ishongandik.

— Ikkinchi bo‘limda birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘yicha qanday izoh berasiz?
— O‘tkazib yuborilgan golda 3 ta futbolchi aybdor deb sanamayman. Biz ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishimiz kerak edi. Bu rejada bor bo‘lgan jarayon va ayni reja ish berdi.

— O‘tgan matbuot anjumanlaridan birida Xudoyorxon Sagdullayev borasida keskin fikrlar bildirgandingiz. Ko‘rinishidan ushbu futbolchi ancha vaqtgacha maydonga tushmasligi kerakdek edi. Biroq, u keyingi o‘yindayoq maydonga tushdi. Buni qanday izohlaysiz?
— Bilasizlarmi, men jurnalistlarni nega yaxshi ko‘raman? Chunki sizlar bizga o‘yin borasida o‘z fikrlaringizni bildirasizlar. Bu bizga qaysidir ma’noda tahlil uchun yordam bo‘ladi. Bu savolni avvalgi o‘yinda ham kutgandim. Menga bu borada uydagi gapni ko‘chaga olib chiqilishi qabilida e’tirozlar bo‘ldi. Agar futbolchi o‘ynasa, yaxshi o‘ynasa, men har qanday e’tirozga tayyorman. Masalan, Saidmahmudxon G‘ulomov gol ura olmayotgandi, bugun urdi. Yana Sobit Sindarov ham bor. Siz aytgan Xudoyorxon Sagdullayev bilan biz har uslubda gaplashib ko‘rdik. Eng oxirgi yo‘l uni ommaga olib chiqish edi, shunday qildik. Xudoyorxon iqtidorli futbolchi, bu borada tegishli xulosa chiqardi. Bugun u golli uzatma berdi, biz undan ayni shunaqa, jamoa uchun foydali o‘yin kutayapmiz. Xudoyorxon qanday imkoniyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz.

— Zafar Akromov bugun o‘yin qaydnomasidan o‘rin oldi. Lekin maydonga tushgani yo‘q...
— "Navbahor-farm"ga qarshi o‘yinda Zafar Akromov yengil jarohat olgandi. Shu bois uni zaxiraga olgandik. To‘liq tayyor bo‘lmagani bois, bugun uni zaruriy vaziyat bo‘lish ehtimoli yuzasidan qaydnomaga kiritdik.

— Legioner futbolchi Petrov 5 ta gol urdi. To‘purarlik salohiyati bor futbolchi nega zaxirada qoldi? Keyin nega uning goliga stadionda boshqalardan farqli musiqa qo‘yiladi?
— Petrov o‘tgan o‘yinda o‘zini yomon his qildi. Ikki kunlik mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Shu sababdan ham biz uni bugun asosiy tarkibga kiritmadik.

Musiqa borasida, futbolchining o‘zi matbuot kotibi bilan gaplashgan. Gol ursa ayni shu musiqa qo‘yilishini iltimos qilgan.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:31, 03.05.2023.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.